Bolaning sotsiumda rivojlanishi Reja: 1. Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad va mazmuni 2. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari 3. Bolaning sotciumda rivojlanishi. O'quv mashg'ulot ining maqsadi: Ijtimoiy pedagogika faniga kirish va fan oldida turgan dolzarb vazifalar to'g'risidagi bilimlarni shakllantirish. O'quv faoliyatining natijasi: Ijtimoiy pedagogika fanining maqsad mazmuni fan oldida turgan dolzarb vazifalar izohlab berildi. Ijtimoiy pedagogika Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug'ullanadi. Ijtimoiy pedagogika - bu pedagogik fanlarning muhim yo'nalishlaridan biri, uning tadqiqot obyekti shaxs bo'lib, u aniq manzilga ega. Yani ijtimoiy pedagogikaning obyekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, me'yorlaridan og'ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa - bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika - bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogika fanining tarmog'idir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu malum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, xatti-harakatlartizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika o'quv predmeti va uning oldida turgan dolzarb vazifalar. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O'sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o'zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o'zgarishlarni o'zboshidan kechiradi. Insonda bo'ladigan jismoniy o'zgarishlarga - bo'yining o'sishi, vaznining og'irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asabtizimining o'zgarib borishi kiradi. ruhiy o'zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo'ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo'lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi - bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo'lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko'rish lozim. Pedagogikada «shaxs» tushunchasi «inson» tushunchasidan farqli o'laroq, uinsonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yani jamiyat azosining boshqa odamlar bilan muomalada bo'lishi, munosabat o'rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat va xokazo), hayotda o'z o'rnini topa olishi, uning vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishmay, e'tiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bo'lishi, insonni shaxs darajasiga ko'taradi. Bunday sifatlarning ro'yobga chiqishi tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, yani kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko'rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o'rganish, pedagogika- da shu kunga qadar etarlicha etibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda, Kursning nomidan xam ko'rinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o'z ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.07 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.07 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc