Bosh va orqa miya shikastlari Bosh miya shikastlarida bosh miyaning yumshoq to'qimalari, kalla suyagi va bosh miya jarohatlanadi. Bosh va orqa miya shikastlari hozirgi vaqtda ham ko'p uchraydi. Bu kasalliklarning kelib chiqish sabablari turli-tuman bo'lib, bular yo'l-transport hodisalari, avtomobil, temiryo'llardagi avariyalar, yiqilib tushish, ishdagi va oilada bo'ladigan jarohatlardir. Turli xildagi bosh va orqa miyaga taassurotlar natijasida ham kelib chiqadi, masalan, sportdagi shikastlar. Bosh miya shikastlari keyinchalik og'ir oqibatlarga va nogironlikka olib kelishi mumkin. Bosh miya shikastlari ikki xil bo'ladi. 1.Ochiq kalla bosh miya shikastlari, bunda bosh miya kalla suyagi bir butunliligi buziladi, ya'ni kalla suyagi yoriladi va bosh miya to'qimalarida zararlanish alomatlari kuzatiladi. 2.Yopiq bosh miya shikastlarida suyak bir butunligi buzilmagan, ya'ni sinmagan, yumshoq to'qimalar esa kesilgan, yorilgan, ko'kargan, ezilgan bo'ishi mumkin. Bosh miya shikastlari quyidagilarga bo'linadi: - bosh miyaning chayqalishi - Commocio cerebri; - bosh miyaning lat yeyishi yoki ta'sirlanishi - Contuzio cerebri; - bosh miyaning ezilishi yoki bosilishi - Compressio cerebri. Bosh miya shikastlari orasida eng ko'p uchraydigani bosh miya chayqalishi bo'lib, 75-80 % ni tashkil etadi. Bosh miya chayqalishi. Bosh miya chayqalishi eng yengil bosh miya jarohati hisoblanib, bosh miya to'qimalarida qon tomirlarning kengayishi, mayda-mayda qon ketish va qon tomirlarining o'tkazuvchanligi oshib ketishi natijasida bosh miya to'qimalarida shish bo'lishi, bosh miya ichida bosimning oshib ketishi bilan xarakterlanadi. Bosh miya chayqalishida miya pardalarining to'laqonligi, venalardagi to'laqonlilik, miya to'qimasining shishi va mayda-mayda qon quyilishlar kuzatiladi. Klinik manzarasi. Hushdan ketish 90 % bemorlarda uchraydi, 10 % bemorlarda hushi karaxt bo'lib qoladi. Hushdan ketish bir necha daqiqagacha davom etadi. Qusish bir yoki bir necha marta ko'ngil aynish bilan takrorlanadi. Retrograd amneziya - jarohatdan oldin bo'lib o'tgan voqealarni bemorlar eslay olmaydi. Bemor bir necha kun o'z ismi, familiyasini, manzilini, oila a'zolarini hamda birga ishlaydiganlarini eslay olmaydi. Mana shu uchta belgi yosh bolalarda bir vaqtda uchramaydi. Ko'proq ko'ngil aynishi, bosh og'rishi, quloqda shovqin bo'lishi, bosh aylanishi, ko'p terlash va teri rangining oqarish belgilari bilan davom etadi. Bemor o'ziga kelgandan so'ng ko'proq bosh og'rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ko'p terlash hamda uyqu buzilishlaridan shikoyat qiladi. Asab sohasi ko'rilganda pay reflekslarining asimmetriyasi, nistagm, yengil Kernig va ensa mushagi tarangligi belgilari kuzatiladi. Kasallik 3 kundan 7 kungacha davom etadi. Bundan tashqari vegetative o'zgarishlar kuzatiladi. Bularga qon bosimining o'zgarib turishi, dastlab bradikardiya, keyin taxikardiya bilan almashib turadi, tana haroratining 37,2 - 37,8°C gacha ko'tarilishi, kaftning ko'p terlashi va titrashi hamda sovuq qotishi kuzatiladi. Ruhiy tomondan esa kasal karaxt, ruhiyati past, tezda muloqotda bo'la olmaydi, ba'zan bemorlarda ko'rish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.74 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.74 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc