Chaqaloqlarda asab tizimi kasalliklari Ona qornida rivojlanish davrida, tug'ilish jarayonida bosh miyasida o'zgarishlar bo'lgan chaqaloqlarda asab tizimi kasalliklari uchraydi. Bu bosh miya falajligi, oligofreniya, mikrosefaliya, epilepsiya kasalliklaridir. Chaqaloqni tekshirganda uning umumiy ahvoliga e'tibor berish kerak. Hushida bo'lmasa, bola ko'zini yumib, ingrab yotadi. Ahvoli og'ir bo'lsa ko'ruv, eshituv, taktil ta'sirlarga javob bermaydi. Bunda tana mushaklari tonusi pasaygan, reflekslar susaygan yoki yo'qolgan bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mushaklar tonusi baland bo'ladi. Bola qo'llari bilan oyoqlarini tanasiga tortib, boshini orqaga egib yotadi. Bolaning katta liqildog'i odatda kattalashgan, biroz tarang bo'ladi. Boshda gipertenziya belgilari bo'lsa, choklar ochilgan bo'ladi, bola chinqirab, boshini orqaga qaratib tirishadi. Emgan sutini qaytarib tashlaydi, klonik-tonik talvasa xurujlari bo'ladi. Grefe belgisi - bosh harakatlari vaqtida ustki qovoq, ko'z qorachiqlarini bekitib turmaydi (25-rasm.). Chaqaloqlarning birinchi yilida bo'ladigan tug'ma reflekslar quyidagilar: 1. Oral reflekslar so'rish, qidirish, og'iz-bosh reflekslaridan iborat: a) so'rish refleksi yo'qligi yoki zaifligi bosh miyaning qattiq jarohatlanishini ko'rsatadi; b) qidirish refleksini tekshirish uchun bola pastki labining tashqi burchagiga qo'l tekkizilganda uning lablari ta'sir berilayotgan tomonga qarab cho'ziladi. Bemor bolada bu reflekslar zaiflashadi; d) qo'l kaftlarining terisi ta'sirlanganda chaqaloqning lablari bilan boshi ta'sirlanayotgan kaft tomonga qarab cho'ziladi (boshi biroz oldinga egiladi). Oral reflekslarining zaiflashuvi miya ustuni zararlanganidan darak beradi. Shu bilan birga, oral reflekslar bola ikki yoshida faol bo'ladi, sog'lom bolada bu refleks yo'qolib ketadigan davrda yorqin namoyon bo'ladi. Bu bosh miya yarimsharlarining jarohatlanganligini bildiradi. 2. Himoya refleksi (Robinson refleksi): bola qorni bilan yotqizib qo'yilganda, nafas olish uchun boshini buradi. Bosh miya jarohatlangan bo'lsa, bu refleks susaygan yoki yo'qolgan bo'ladi. 3. Emaklash refleksi: qorni bilan yotqizib qo'yilgan bolani oyoq kaftlariga bosib ko'rilsa, u emaklashga harakat qiladi. Agar miya kasallangan bo'lsa, bu refleks zaif bo'ladi yoki bo'lmaydi. 4. Chaqaloqning tayanish refleksi: bolani qo'ltiqlari tagidan ushlab turilsa, tayanib oladi. Dastlabki 3 oyda sog'lom bola oyog'ining kaftiga; 3-4 oylik davrida qisqa muddat oyoq uchlariga tayanib turadi. Agar asab tizimi zararlangan bo'lsa, bola oyoqlarini bukib, tutib turilgan qo'llarga osilib oladi yoki 4-5 oylik davrida oyoqlar uchiga tayanadi; oyoq mushaklari, sonning yozuvchi mushaklarida tonus oshgan bo'lib,oyoqlarini chalishtirib oladi. 5. Chaqaloqlarning qadam qo'yish harakatlari: bolani qo'ltiqlaridan ushlab oldinga harakatlantirilsa, u qadam tashlash harakatlarini qila boshlaydi. Bu harakatlarni orqa miya nazorat qiladi. 6. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): chaqaloq kaftini barmoq bilan bosganda chaqaloq og'zini ochadi va boshini biroz oldinga egadi. Bu refleks 2 oydan keyin yo'qoladi. 7. Ushlash refleksi: bolaning kaftiga barmoqni yoki biron narsani bosganda darrov mahkam ushlay oladi va uni qo'yib yubormaydi. Qo'l panjasining mushaklari kuchsiz bo'lsa (parez), ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.32 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.32 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc