Dars jarayonida talabalar individualpsixologik xususiyatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olish Pedagog doimo talabalarning bir-biridan ish qobiliyati, diqqatining ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, idroki tezligi, xotirasi, tafakkuri, hissiy xususiyatlari bilan farq qilishiga duch keladi. Bu xususiyatlarning namoyon bo'lishi ko'p hollarda talab temperamentiga bog'liqligi tadqiqotlarda aniqlangan. Shu sababli o'quv-tarbiya jarayonida talabalarning temperamenti xususiyatlarini hisobga olmaslik mashg'ulotlarni olib borish tempining, o'quv materialini bayon qilish usuli va shakllarining talabaning individual imkoniyatlariga mos kelmasligiga olib keladi. Zamonaviy psixologik va oliy nerv faoliyatini o'rganish temperament xususiyatlari tabiiy, o'zgarmas genotipik tabiatga egaligini ko'rsatadi. Temperament xususiyatlari talaba xatti-harakatining qanday yuzaga chiqishini to'liq aniqlab bermasada, uning asosi, zaminini tashkil qiladi. Bu asos turli faoliyatning oson yoki qiyin yuzaga chiqishini belgilab beradi. Demak, yuqori ijtimoiy, psixologik muvaffaqiyatlarga, bilimga erishish kishining tabiiy xususiyatlarini, imkoniyatlarini to'g'ri hisobga olishga, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishga bog'liq. Ko'pchilik adabiyotlarda ularni hisobga olish haqida fikr yuritiladi, lekin u qanday ishlash haqida aniq fikrlar berilmagan. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'quv jarayonining tashkiliy tomonlari ko'proq turg'un tabiatli, ekstravert toifasiga mansub talabalarga mos keladi. Introvert, ta'sirchan talabalar uchun esa qiyinchiliklar ko'proq uchrar ekan. Shunday qilib, talabalarning bir qismining individualpsixologik va tipologik xususiyatlari o'quv faoliyati talablari bilan qarama-qarshilikda bo'ladi. Masalan, bir qism talabalar o'zlarida yuqori temp faoliyati, uyalmaslik, tez toliqmaslik kabi xususiyatlarni shakllantirishga majbur bo'ladilar. Ularning muvaffaqiyatlari faoliyat talablariga moslashuvchanlik, o'zlarida bo'lmagan xususiyatlarni to'ldirish hisobiga erishiladi. Bu esa hamma kishining ham qo'lidan kelavermaydi. Ular pedagoglarning yordamiga ko'proq muhtojdirlar. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda temperament xususiyatlarining kuchli va kuchsiz tomonlariga qisqa to'xtalib o'tamiz. O'ta ta'sirchan talabalarning (melanxolik va xolerik) tez charchashi, ish qobiliyatlarining tez pasayishi, xatolar sonining keskin oshishi, materialni o'zlashtirish tezligi va sifatining pasayishiga olib keluvchi holatlar: uzoq vaqt davomida zo'riqishni talab qiladigan ishlar; mas'uliyat, hissiy va asabni zo'riqishga olib keladigan mustaqil, nazorat ishlari va imtihonlar; noto'g'ri javobni salbiy baholash; shovqin suronli, notinch sharoitda ishlash; katta hajmdagi va turli mazmunga ega materialni o'zlashtirishga to'g'ri keladigan vaziyatlar. Introvertlar (flegmatik va melanxoliklar)da qiyinchilik keltirib chiqaradigan vaziyatlar: mazmuni va echilishi turli bo'lgan vazifalarni bajarish zarurati; yaxshi tartib va rejaga ega bo'lmagan material yuqori tezlikda berilishi; ishning bajarilishi albatta baholanadi, lekin unga ajratilgan va vaqt chegaralangan; tez-tez diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko'chirishga to'g'ri keladi; material bilan birinchi marta tanishgandan keyinoq uni o'zlashtirish samaradorligi baholanadi; aqliy zukkolik bilan bog'liq vazifani yuqori tezlikda bajarish talab qilinadi; kutilmagan savolga tez javob berish talab qilinganda. Bunday vaziyatlarda pedagog har bir talabaning xususiyatidan kelib chiqqan holda harakat qilishi va ular faoliyati samaradorligini oshirishga intilishi lozim. ta'sirchan tabiatga ega bo'lgan (melanxolik ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc