Davlat yong'in xavfsizligi xizmati

Davlat yong'in xavfsizligi xizmati

O'quvchilarga / Psixologiya
Davlat yong'in xavfsizligi xizmati - rasmi

Material tavsifi

Davlat yong'in xavfsizligi xizmati Bashariyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo'lgan olov inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, zarur xavfsizlik choralariga rioya etishni ham talab qiladi. Olovdan foydalanishga oid qoidalarga bepisandlik bilan qarash yong'in kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Jilovlash qiyin bunday tilsiz yov ko'p hollarda katta moddiy va ma'naviy zarar yetkazishi, hatto odamlar hayotiga zomin bo'lishi ham mumkin. Bunday ayanchli holatlarga yo'l qo'ymaslik uchun, avvalo, yong'in chiqishining oldini olish, yong'in paydo bo'lgan vaziyatda uning salbiy oqibatlarini kamaytirish darkor. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yong'in xavfsizligini ta'minlash, nazorat qilib bo'lmaydigan yong'inlarning oldini olishga doir keng ko'lamli profilaktika ishlarini bajarish, yong'in o'chirish xizmatini texnik va texnologik jihozlash, bu borada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yong'inlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir samarali, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va texnik asoslangan vositalarni joriy etish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu keng ko'lamli ishlarni mustahkam me'yoriy-huquqiy asoslarni yaratmasdan turib, hayotga bosqichma-bosqich va tizimli ravishda tatbiq etib bo'lmaydi. . O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrda imzolangan Har yili yong'in xavfsizligi oyligini o'tkazish to'g'risidagi qarori istiqlol yillarida bu borada qabul qilingan muhim hujjatlardan biridir. Ta'kidlash joizki, Yong'in xavfsizligi to'g'risidagi qonunning ayrim moddalarida yong'in-texnik komissiyalari, ko'ngilli yong'indan saqlash xizmati bo'linmalari, yosh yong'in o'chiruvchilar drujinalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo'lga qo'yish tartibi, shuningdek, idoraviy va ko'ngilli yong'indan saqlash xizmatlarini hisob ro'yxatidan o'tkazishni tartibga soladigan tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarning in'ikosi o'z ifodasini topgan. Bularning barchasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-mart kuni qabul qilingan qarorida aks etgan Yong'in-texnik komissiyalarining asosiy vazifalari avvalgidek saqlab qolingan. obyektda yong'in xavfsizligi bo'yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong'in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong'indan saqlash xizmatlariga ko'maklashish, yong'in xavfsizligi va obyektning yong'inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo'yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o'rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to'liq qayta ko'rib chiqildi. Ilgari ular o'z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo'lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya'ni ular o'z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi. Yosh yong'in o'chiruvchilar drujinalari xalq ta'limi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bo'limlari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong'in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalari vakillari yordamida ixtiyoriy asosda umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etilishi mumkin. Ular yosh yong'in o'chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o'qituvchilar yoki yong'in xavfsizligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga