DElinkvent xulq atvor va kriminal xatti-harakatlar Reja : Deviant xulq-atvor. 2. Delinkvent xulq atvor 3. Kriminal xatti-harakatlar. Deviant xulq-atvor (og'ma xulq-atvor) tushunchasi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to'siq bo'luvchi me'yordan og'ish holatlari ham mavjud bo'lib, sotsiologiyada bu narsa «Deviantlik holatlari», undan tug'iluvchi xulq atvorni «Deviant xulq-atvor» deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlarga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant so'zi - lotincha deviantio so'zidan olingan bo'lib, chekinish, buzilish degan ma'noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy hodisadir.Ma'lumki, zamonaviy G'arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko'p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo'lish turi jinoyatchilik bo'lib, ijtimoiy me'yorning buzilishi sifatida ushbu hodisa fanda juda qadimdan o'rganilgan. Deviant xulq atvor - bu muayan jamiyatda qabul qilingan huquq va axloq me'yorlaridan chetga chiqishdir. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o'rganuvchi ta'limotlar paydo bo'la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, jinoyatchilar tug'ma bo'lishadi degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo'shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko'rsatadi. Keyinchalik ushbu ta'limotlar turli tanqidlarga uchragan bo'lsada, hozirgi kungacha ham G'arb sotsiologiyasining ba'zi namoyondalari ushbu ta'limotning u yoki bu yo'nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta'limotlariga ko'ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug'ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta'sir qiladi. Delinkvent xulq atvor va kriminal xatti-harakatlar. Delinkvent xulq atvor - deviantlikning ko'rinishlaridan biri bo'lib, bunday xatti-harakat odatda sho'xlik va ko'ngil xushlik harakatlarida namoyon bo'ladi. Masalan, o'smir ko'p qavatli uy balkonifan turib yo'lovchilarga og'ir predmetlarni uloqtirishi va bundan lazzatlanishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar bora-bora deviantlikning og'irroq ko'rinishi kriminallikka o'tib ketishi mumkin Professional jinoyatchilik Professional jinoyatchilik - jinoiy faoliyat bilan muntazam mashg'ul bo'lish, bu sohada o'ziga yarasha ko'nikmalarni va jinoiy aloqalarni shakllantirish. Bundajinoyat subyekt tomonidan noqonuniy daromadga ega bo'lishning yagona manbai sifatida qaraladi. Uyushgan jinoyatchilik. Uyushgan jinoyatchilik oddiy biznesga o'xshagan faoliyat bilan bog'liq, biroq uning mazmuni qonunga xilof bo'ladi. tashkiliy jinoyatchilik - qudratli biznes bo'lib, uni iqtisodiy faoliyatning har qanday yirik sohasi, masalan avtomobil sanoati bilan qiyoslash mumkin. Milliy va lokal jinoiy tashkilotlar ommaviy iste'molchilarga qonun tomonidan man etilgan tovarlar va xizmatlarni taklif etishadi. Ba'zi kriminal tuzilmalar esa transnatsiolnal hisoblanishadi. Uyushgan jinoyatchilik o'z ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
49.9 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
49.9 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: pptx