Deviant xulq ijtimoiy pedagogik muammo sifatida Reja: 1. Deviatsiya va uning turlari. 2. Deviant xulq-atvor profilaktikasi. 3. Reabilitatsiya, Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya tushunchalari. 4. Deviant xulq-atvorli o'smirlar uchun reabilitatsion dasturlar. Deviatsiya va uning turlari. Odatda deviatsiyalar o'spirinlik davrida yuzaga keladi. O'spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o'tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o'tish ro'y beradi va bu jarayon o'smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'smirlik davrida o'smir hayoti va faoliyatida jiddiy o'zgarishlar ro'y beradi, bu esa o'z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo'lishiga olib keladi. O'smirning ijtimoiy maqomi o'zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo'yila boshlaydi. Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridan chetga chiqqan o'smirlarni qiyin o'smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o'smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta'sirga qarshilik ko'rsatish tushuniladi. O'smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o'rganiladi. Deviatsiya (og'ish) ham insonga, ham uni o'rab turgan olamga xos bo'lgan o'zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o'zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o'zgaruvchanlik faoliyatga bog'liq va insonning atrofdagilar bilan o'zaro munosabatini aks ettiradigan xulq-atvorida o'z ifodasini topadi. Avval aytib o'tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo'ladi. O'smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi ehtiyojlariga mos tushuvchi mikrosotsium o'zaro munosabati. Agar bolani atrofdagilari o'smirning u yoki bu xususiyatlariga o'z vaqtida etibor qaratishsa, uning xulq-atvori doimo normal bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, me'yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va sivilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunsak bo'ladi. Aftidan chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o'smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga giriftor bo'lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim: - maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar; - etim bolalar; ijtimoiy etimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab o'z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda kutishadi. Shu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo'lishadi; - giyohvand va toksin moddalar istemol qiluvchi bolalar; - jinsiy intizomsiz bolalar; g'ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda. Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor - mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo'lgan ijtimoiy normalar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog'liq me'yordan og'uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g'ayriintizomiy deb atasak ham bo'ladi. Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo'lishiga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc