Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati

Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati

O'quvchilarga / Psixologiya
Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Reja: Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati. Deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko'rinishlari Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati. Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me'yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me'yorning bir necha turlari mavjud bo'lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me'yorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy me'yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me'yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o'rnatilgan me'yorlar ham eskirib boradi va yangi me'yorlar o'rnatiladi. Yangi me'yorlarni o'rnatish jarayoni jamiyatda o'rnatilgan mavjud me'yorlar doirasini kengaytirish va o'zgartishdan iboratdir. Jamiyat a'zolarini mazkur ijtimoiy me'yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hoka'zolar kiradi. - jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvor Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko'rinishlaridan hisoblanadi: Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish. 2) Alkogolni ko'p iste'mol qilish - spirtli ichimliklarni mumtazam, ya'ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. GIYOHVANDLIK. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish. Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo'lib o'rganiladi: 1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik - pul uchun o'z tanasini sotish. G'arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me'yordan og'ish sifatida qaraladi. «Byurokratiya» «Byurokratiya» termini asilda «hokimiyanga ega bo'lgan xodim» degan ma'noni anglatadi. Biroq davrlar o'tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog'ozbozlik, to'rachilik, mansabni suiste'mol qilish kabi salbiy ma'nolarda qo'llanila boshlaydi. Hozirgi kuyda ko'plab davlatlarda «byurokratiya» termini asl ma'nosini yo'qotib, boshqaruvdagi o'ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi. Mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me'yordan cheskinishning diqqattalab ko'rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab. E.Dyurkgeym maxsus o'rgangan bo'lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr,hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me'yorlar bu sohadagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.09 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga