Deviatsiya - salbiy va dozarb ijtimoiy-pedagogik hodisa Reja: Deviatsiya tushunchasi Deviatsiya turlari Deviant xulq-atvorga egalik Deviatsiya tushunchasi Lug'aviy jihatdan me'yor tushunchasi asosiy o'lchov degan manoni anglatadi. Shaxsning rivojlanishida me'yor tushunchasining qo'llanilishi esa uning ruhiy, jismoniy hamda axloqiy jihatdan mo'tadil rivojlanishini ifodalaydi Shaxsning ruhiy, jismoniy va axloqiy jihatdan biologik, anatomik, fiziologik, jismoniy va axloqiy rivojlanishdan orqada qolishi me'yordan og'ish deb yuritiladi. Ijtimoiy subyektlar, shu jumladan, voyaga yetmaganlar o'rtasida turli jihatdan me'yordan og'ish holatlari kuzatiladi. Deviatsiya tushunchasi lotin tilidan tarjima qilinganda og'ish manosini anglatadi. Deviatsiya turlari Jismoniy og'ish shaxsning biologik rivojlanishida malum nuqsonlar ko'zga tashlanishini belgilaydi Jismoniy og'ishning yuzaga kelishiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: 1) irsiy omillar; 2) ekologik vaziyat; 3) turmush darajasining pastligi; 4) oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kimyoviy unsurlar miqdorining yuqoriligi; 5) nurlanish; 6) turli darajada jarohat olish; 7) aholining tibbiy madaniyatga ega emasligi yoki uning pastligi; 8) shaxsda o'zining va atrofdagilarning salomatligiga nisbatan mas'uliyatning shakllanmaganligi Jismoniy og'ish quyidagi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi: 1) kasallik, hastalikning kelib chiqishi (ruhiy va fiziologik funksiyalarning buzilishi); 2) imkoniyatning cheklanishi (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining malum darajada vaqtincha yoki umrbod yo'qotilishi); 3) nogironlik (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining deyarli yo'qotilishi, ishga yaroqsiz bo'lib qolish, to'g'ri fikrlay olmaslik) Jismoniy nuqsonlarga gavda, qo'l, oyoq harakatlarining cheklanishi, ko'rish va eshitish qobiliyatining buzilishi, shuningdek, ichki organlarning kasalligi tufayli kelib chiqadigan sustlik kiradi Ruhiy og'ish Ruhiy og'ish aqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni boshqara olish qobiliyatining butunlay yoki malum darajada yo'qotilishini anglatadi. Ruhiy og'ish shaxsning aqliy rivojlanishda ortda qolishi va ruhiy nuqsonlarga egaligini belgilaydi Aqliy qoloqlik asab tizimining tug'ma yoki orttirilgan nuqsonlar sababli yuzaga keladi. Bolalar o'rtasida aqliy qoloqlikning yengil (aqlsizlik) va og'ir (tentaklik) shakllari kuzatiladi. Nutqning buzilishi ham ruhiy nuqsonlar sirasiga kiradi. Ruhiy og'ishning eng og'ir shakllari autizm (yun. autos - o'zim; ijtimoiy munosabatlar va muloqotga ehtiyoj sezmaslik) va suitsid (o'z-o'zini o'ldirish, suiqasd) sanaladi Ijtimoiy og'ish Ijtimoiy og'ish insonning to'laqonli shaxs bo'lib shakllanishiga to'sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi Ijtimoiy og'ish bir necha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Ular: etimlik; - xulq-atvor me'yorlaridan og'ish; aroqxo'rlik; - giyohvandlik; taksokomaniya; - fohishabozlik; daydilik; - huquqbuzarlik; jinoyat sodir etishga moyillik va b. Pedagogik og'ish Pedagogik og'ish. Jamiyatda shunday holatlar ham kuzatilmoqdaki, o'smir va o'spirin yoshidagi o'quvchilarning ayrimlari majburiy ta'lim olish va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qishni davom ettirishni istamayaptilar. Mazkur holat pedagogik og'ish sifatida etirof etiladi. Zero, o'smir va o'spirinlik davrlarida ta'lim olish yuzasidan ijtimoiy-huquqiy me'yorlar ishlab chiqilgan bo'lib, ularga rioya qilmaslik o'z mohiyatiga ko'ra og'ish hisoblanadi. So'nggi yillarda o'smir va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
128.75 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
128.75 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: pptx