Differensial psixologiyada xarakter va qobiliyat

Differensial psixologiyada xarakter va qobiliyat

O'quvchilarga / Psixologiya
Differensial psixologiyada xarakter va qobiliyat - rasmi

Material tavsifi

Differensial psixologiyada xarakter va qobiliyat Differensial psixologiya Differensial psixologiya (lot.differentia-farq) psixologiyaning bir qismi bo'lib, kishilar o'rtasidagi individual psixologik farqlarni o'rganadi.Kishilar o'rtasidagi indviduval farq nima? Shuningdek, differensial psixologiya faqat kishilar orasidagi farqlarnigina emas, balki guruhlar orasidagi individual farqlarni ham o'rganadi. Individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning qobiliyati XIXasrning 20 yillarida paydo bo'lgan differensial psixologiyaning diqqat markazida o'zaro individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning qobiliyatiga xos xususiyatlar, maktab dasturidagi bilimlarni o'zlashtirishni muvaffaqiyati, rivojlanishi va uni tipi , turadi. temperament va xarakteridagi farqlarni yoritib berish turar edi. Keyinchalik differensial psixologiya doirasiga ichki o'zgarishlarning individual xususiyatlarini o'rganish masalasi kiritildi. Shuningdek, psixik funksiyalarning yosh o'zgarishi bilan mashq va ta'limni rivojlanib borishi psixologik qonuniyatlarning oshib borishi, turli qobiliyat-larning barqarorlashuvi turli qobiliyatlarning shakllanishi, xotira turlari, diqqat, tafakkur, sezgirlikning ortib borishi kabi masalalarni o'z ichiga ola boshladi. Differensial psixologiyaning muhim vazifasi faqat individual-psixologik xususiyatlarini xarakterlab berish emas, balki ularni psixik faoliyatini tashkil etishning eng muhim xususiyatlarini ajratish va uni subyektining individual tipologik xususiyatlarini paydo bo'lishi sabablarini bilish uning neyrofiziologik faktorlarini, nerv sistemasi xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu differensial psixologiyaning hozirgi zamon sharoitidagi muhim vazifasidir. Xarakter Xarakter - ijtimoiy muhit ta'sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi vokelik va o'z-uziga bo'lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayan sharoitlardagixatti harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig'indisi. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlarxarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari ikki katta gruppaga bulinadi. 1 - xarakterning ma'naviy sifatlari - mehnatsevarlik, halollik, rostgo'ylik, mexribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar. 2 - xarakterning Irodaviy xislatlari - maqsadga intiluvchanlikkatiyatlik, jasurlik, mardlik,matonatlilik, o'z o'zini tuta bilish kabi sifatlardan iborat.Odamning tabiati, xarakteri - tashqi muhit ta'surotlariga ko'rsatadigan ruhiy reaksiyalarning bolalik paytdan shakllanib boradigan tipdir. Xarakter keyinchalik mustahkamlanib, qaror topib boradigan va odamning yurish turishi hamda atrofdagilarga munosabatini belgilab beradigan temperamentga va tashqi ta'surotlarga qaratiladigan reaksiyalar shakliga qarab mujassamlanib boradi. Xarakter atrofidagi muhitga temperamentdan ko'ra ko'proq darajada bog'liq bo'ladi. Uning shakllanib borishi odamning butun umri bo'yi davom etadi. Shunga qaramay xarakter shaxsning barqaror xususiyatlarini tashkil yetadi. Odamning yurish turishi hamda uning atrofidagi muhitga o'z-o'ziga qanday ko'z bilan qarash xususiyatlariga bog'liq deb hisoblanadi. Demak xarakter tug'ma va o'zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlariga bog'liq holda tarkib topib o'zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda maxsus ta'lim-tarbiya ta'sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Qobiliyat borasida nazariyalar Differensial psixologiyada qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo'lmish bilim, ko'nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e'tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro'yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 646.39 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 646.39 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga