Eksperemental tadqiqotlar uslubiyoti

Eksperemental tadqiqotlar uslubiyoti

O'quvchilarga / Psixologiya
Eksperemental tadqiqotlar uslubiyoti - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Eksperemental tadqiqotlar turi. 2. Eksperemental dasturini ishlab chiqish. 3. Eksperementni o'tkazish. Eksperemental tadqiqot - bu yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usuli bo'lib, nazariy qoidalarni tekshirishni, ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengrok va chuqurrok o'rganishni uzida mujassam etadi. Eksperemental tadqiqotlar laboratoriya va ishlab chiqarishda olib boriladi. Laboratoriya eksperementlari maxsus modellashtiruvchi qurilma, stendlarda namunaviy asboblar va tegishli uskunalarni kullab o'tkaziladi. Bular kam xarajat kilgan holda kimmatli ilmiy informatsiya olish imkonini beradi. Eksperemental tadqiqotning bunday natijalari xamma vaqt xam jarayon yoki obyekt ishining borishini tulik aks ettira olmaydi. Ishlab chiqarish eksperementlari atrof muhit turli tasodifiy omillarini hisobga olgan holda mavjud sharoitlarda o'tkaziladi. Bunday eksperementlar laboratoriyadagidan murakkab tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki obyekt) xajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirish talab etadi. Ekspluatatsiya kilinadigan obyektning turli dala sinovlari xam ishlab chiqarish tadqiqotlarga kiradi. Tegishli metodika va shakl bo'yicha tashkilotlar muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala bo'yicha materiallar to'plami ishlab chiqarish eksperimentlarning bir tur hisoblanadi. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o'tkazish uchun eksperiment uslubiyoti ishlab chikiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi: - eksperementning dasturini ishlab chiqish; - ulchamlarni baholash va eksperement o'tkazish vositalarini tanlash; - eksperement o'tkazish; - eksperement natijasida olingan ma'lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish; Eksperement dasturi - eksperemental tadqiqotlarning uslubiy asosi bo'lib u kuyidagilarni o'z ichiga oladi: - tadqiqot ruyxati mavzulari va ishchi gipoteza mazmuni; - eksperement uslubiyoti va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va xoka'zolar ruyxati; - bajaruvchilar ruyxati va ularning kalendar ish rejasi; - eksperementni bajarish uchun xarajatlar ruyxati. Eksperement uslubiyoti - uslublar, eksperemental tadqiqotlarni maqsadga muvofik usullari majmui. Umumiy tarzda u o'z ichiga oladi: - eksperement maqsad va vazifasini; - faktorlarni tanlash va ularning o'zgarish darajasini; - vositalar va o'lchashlar zarur miqdorini asoslashni; - eksperement mohiyati va tartibining bayoni; - eksperement natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslashni; Eksperementning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniklanadi. Vazifa aniq bo'lishi, ularning soni uncha ko'p bulmasligi lozim: oddiy eksperementi uchun 3-4, majmua eksperementi uchun 8-10 ta. Jarayon yoki obyektga ta'sir etuvchi faktorlarni tanlash kabul qilingan ishchi gipotezaga muvofik nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperement uchun avval muhimlik darajasiga ko'ra saralanadi sungra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi. Faktorlar soni uncha ko'p bo'lmaganda ularning muhimlik darajasi bir faktorli eksperement bo'yicha aniklanadi. Agar faktorlar soni katta bulsa ko'p faktorlik tahlil kullaniladi. Ulash vositalari eksperementning maqsad va vazifasidan, ulchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniklikdan kelib chikib tanlanadi. qoidaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga