Eksperiment o'tkazish

Eksperiment o'tkazish

O'quvchilarga / Psixologiya
Eksperiment o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Eksperimental metodning imkoniyatlari 2. Ekperiment o'tkazishning umumiy masalasi hamda eksperimentator, uning shaxsi va faoliyati Eksperimental metodning imkoniyatlari Tadqiqotchini qiziqtirgan (hodisa, holat, funksiyalarni) o'zi hoxlaganda yaratish. Bunda tadqiqotchi real shart-sharoitlarda qanday hodisa sodir bo'lishini kutib turishi shart emas. Tadqiq qilinayotgan jarayonning kechishi va ular kutayotgan sharoitlarni etarlicha qatiy miqdoriy ravishda chegaralashga erishadi, yani tadqiqot natijalarini sekin-asta matematik tahlil qilishga erishadi. Eksperimental metodning quyidagi imkoniyatlari mavjud. Eksperimentning turlari. Laboratoriya; tabiiy; ta'limiy; testlar. Psixologiyada eksperimentning 2 turi: laboratoriya va tabiiy turlari mavjud bo'lib, ular 1912 yil A.F.Lazurskiy tomonidan taklif etilgan. Laboratoriya eksperimentini maxsus jihozlangan laboratoriyalarda, tabiiysi esa, oddiy tabiiy sharoitlarda o'tkaziladi. Lekin ularning farqi faqatgina o'tkazishda emas, balki laboratoriya eksperimentining eng asosiy qiyinchiligi u yoki bu nuqsonni yo'qotishga qaratilgan bo'ladi. Har qanday laboratoriya eksperimenti sun'iydir, chunki unda tadqiqot ishtirokchilarining faoliyati tadqiqotchi yaratgan muhit yoki sharoitda kechadi. Bu yerda hech qanday zamonaviy takomillashgan eksperimental laboratoriya ham prinsipial ahamiyatga ega bo'lmay qoladi. Inson doimo biladiki, bu eksperiment, yani haqiqiy ish emas va har qaysi sharoit yoki vaqtda ishtirokchining talabiga ko'ra to'xtatilishi shart va mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi muhim bo'lgan bog'lanishlar, qonuniyatlarni aniqlashga qiynalib qoladi. Eksperiment doimo malum darajada mavhumdir, chunki tadqiq qilinayotgan jarayon qatiy sun'iylashgan sharoitlar tizimida ro'y beradi. Laboratoriya sharoitida xulosa va tavsiyalarni real amaliyotga ko'chirish qiyinligi bundan ko'rinib turibdi. Ushbu metodologik muammoni hal qilish maqsadida B.M.Teplov boshchiligidagi differensial psixofiziologiya maktabi o'z hissasini qo'sha oldi. Eksperiment usuli bilan olingan natijalarni boshqa metodikalar yordamida ham tekshirib ko'rish kerakligini tan olish kerak bo'ladi. Yani, buni hal qilishda alohida analiz apparati (faktorli yoki dispersiyali tahlil) zarur bo'ladi. So'ngra hayotiy ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish muhimligi masalasi qo'yiladi. Yani, tekshiruvchining psixologik xususiyati eksperimentda va real faoliyatida qandayligi ilmiy talqini berilishi kerak. Hayotiy ko'rsatkichlarni jamlangan holda qiyoslab ko'rish kerak. Shuningdek bu jarayonlarning ichki tomonlarini ham bilish kerak, chunki uning natijaviy ifodasi bizga oz ma'lumot beradi. Insonning xulqi uning asab sistemasining ko'pgina xususiyatlariga bog'liqdir, yani hayotiy ko'rsatkichlar bir xil emas, doimiy ham emas, qolaversa, normal sharoitlarda ular faqatgina asab sistemasining mahsuli emas, balki hayotiy sharoitlarga qaratilgandir, chunki ularning ta'sirida qaror topgan bo'ladi. Tabiiy eksperiment - esa qayd etilgan kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi, chunki u laboratoriya eksperimenti va kuzatish metodi orasida joylashgandir. Laboratoriya - tabiiy - kuzatish. Tabiiy eksperimentda tekshiriluvchining faoliyati tabiiy holatlarda (sharoitlari, vazifalari, bajarilishi) o'rganilib, eksperiment ta'sirida esa faqatgina tashqi sharoitlar o'rganiladi, xolos. Yani tashqi sharoitlar o'zining tabiiy tartibida emas, balki tadqiqotchi hoxlaganidek o'zgartiriladi. ta'limiy eksperimentda ham o'ziga xos ravishda qiziqarli rivojlanishga egadir. U psixologik tadqiqotning holati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.67 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.67 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga