Reja: 1. Psixologik kuzatish metodlarining klassifikatsiyasi 2. Eksperimental psixologiya metodlari Psixologik kuzatish metodlarining klassifikatsiyasi B. G. Ananevning nuqtai nazaricha psixologik kuzatish metodlari psixologik obyektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining gneseologik obyektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo'llash muammosini ko'rib chiqilayotganda (agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar tizimidagi o'rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo'lmaganda beshta darajasini ajratish mumkin. Metodika darajasi. Metodik qo'llanma darajasi. Metod darajasi. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. Metodologik yondashish darajasi. To'gri «metod» atamasining darajasini hohlagancha ishlatsa bo'ladi, masalan psixofizikada - o'rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada - proyektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differensial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to'grisida bahs yuritiladi va uning turlichaligi - egizaklar metodida (to'rtinchi daraja) ko'rsatilgan. Psixologik tadqiqotda qo'llaniladigan usullarning darajali bo'lishini. G.D.Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo'lgan: 1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish; 2) metodik qo'llanma; 3) metodik yondashuv S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko'rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki» ga bo'lingan, eksperiment -labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik - pedagogik, qo'shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o'rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o'tdi. Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini takidladi. Shunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog'liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro'yxatga qo'shilishi bilan ragbatlantirildi. Psixologik tekshiruvlarning keng ko'lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi - bolgar psixologi G. D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni takidlab o'tdi. Shu metodlarning har biri bir qancha turlargalarga bo'linadi. Shunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalarga, so'rovnomalarga faoliyat maxsullarini o'rganishga va boshqalarga bo'linadi. B. G. Ananev Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u 1) tashkiliy 2)empirik 3) ma'lumotlarni qayta ishlash usullari va 4) sharhlash metodlariga bo'ldi. tashkiliy metodlarga Ananev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi. Uchinchi guruhda ma'lumotlarni matematik-statistik analiz metodi va sifatli tavsiflanishi kiritiladi. Nihoyat, to'rtinchi guruhni genetik va struktura metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko'pgina echilmagan muammolar qolyapti: Nimaga modellashtirish empirik metod bo'lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan? Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi? Shuni eslatib o'tish ahamiyatliki, bu yerda ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.87 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc