R e j a : Diqqatning umumiy tavsifi. Diqqatning tanlovchanligini o'rganish metodlari. Diqqatning barqarorligi va to'planishini o'rganish. Diqqatning ko'chishini o'rganish. Psixologiyada diqqatga berilgan ta'riflardan birini N.F.Dobro'nin tomonidan aytilgan bo'lib, unga ko'ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo'naltirilishi va to'planishidir. Bunda diqqatning yo'nalganligi va to'planishi deganda shu faoliyatga bo'lgan e'tiborning chuqurlashuvi tushuniladi. Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi sifatida) ham, holat ham (masalan, e'tiborlilik) deb qarash mumkin. Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq namoyon bo'ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko'ra diqqatning -ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so'nggi turlarini ajratish imkonini beradi. Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko'lami, tanlovchanligi, barqarorligi, to'planishi, taqsimlanishi va ko'chishidir. Diqqatning ko'lami deganda, qisqa vaqt ichida aniq idrok qilingan obyektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud bo'lganda diqqat ko'lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. Qo'zg'atuvchilar mazmuni jihatidan bog'liq bo'lsa, bu ko'rsatkich ancha yuqori bo'ladi. Diqqat ko'lamining cheklanganligi subyekt tomonidan o'z sensor-pertseptiv zonasida mavjud bo'lgan obyektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan obyektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo'ladi. Ko'pgina qo'zg'atuvchilar orasidan, ajratib olingan ayrimlarigina tanlovchanlik xususiyatiga ega bo'ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy ko'rsatkichi bu tezlik bilan ko'plab obyektlar orasidan kerakli qo'zg'atuvchini topa olishda, sifat ko'rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo'ladi. Diqqatning muvaffaqiyati-har ikkisini ham o'z ichiga oladi. Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg'imaslik va obyekt ustida diqqatni uzoq vaqt to'plab turishni ta'minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda ko'plab va yo'naltirib turilishidir. Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt obyekt ustida turli ta'sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o'zida subyektning bir nechta obyektlarga psixik faoliyatning yo'naltirib va to'plab turishidan iborat. Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko'rsatkichi subyektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi. Diqqatning ko'chishi, uning yo'nalishi va to'planishini bir obyektdan boshqasiga o'tishi tushuniladi. Uning ko'rsatkichi subyektning bir faoliyatdan boshqasiga o'tishining qiyinligida namoyon bo'ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, diqqatning ko'chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog'liq bo'ladi. Asab tizimi harakatchan bo'lgan kishilar diqqatining ko'chishi oson, rigid - qotib qolgan bo'lsa, qiyin bo'ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko'chishi shaxs xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog'liq: YUqorida sanab o'tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan bog'liq bo'lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir. Diqqatni o'rganishga yo'naltirilgan laboratoriya metodlari blankalar usulidan iborat bo'lib, ular korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur sinovi blankalari turli stimullardan-harflar, raqamlar, geometrik shakllardan iborat bo'lishi mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib bir xil tarzda belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko'rsatkichi vazifani ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.15 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.15 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc