Eksperimental psixologiyaning predmeti

Eksperimental psixologiyaning predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Eksperimental psixologiyaning predmeti - rasmi

Material tavsifi

R e j a : 1. Eksperimental psixologiya haqida tushuncha. 2. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi. 3. Eksperimental psixologiya va psixologiyaning boshqa sohalari. 4. Psixologik tadqiqot o'tkazish tamoyillari. 5. Psixologik tadqiqot o'tkazishga qo'yiladigan talablar. 6. Tadqiqot o'tkazishning bosqichlari. Psixologiyada eksperiment metodining qo'llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o'rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O'sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaksiya vaqti kabi eng oddiy psixik funksiyalar o'rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil'gel'm Vundt asos soldi. V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo'lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o'rtasidagi aloqa va bog'lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o'rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g'oyalarni o'zining Fiziologik psixologiya asoslari (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi. V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo'zg'atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog'lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg'ular o'rganilgan. V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni eksperiment orqali o'rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o'rganishda madaniy-tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir. Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning obyekti normal yetuk insonlar bo'lgan bo'lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o'rganish bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaksiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal'ton, D.Kettel). Ayni paytda eksperimental psixologiya zamirida yangi yo'nalish differensial psixologiya vujudga kela boshladi. eksperimental psixologiya tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo'libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo'lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo'llanila boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan o'zaro bog'liq holda rivojlanmoqda. Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo'yiladigan talablar: 1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni o'z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta'sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e'tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir. 2. Tadqiqot o'tkaziladigan joy tashqi ta'sirlardan holi bo'lishi (xech bo'lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiyena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur. 3. Tadqiqotning texnikaviy ta'minoti hal etilishi, lozim bo'lgan vazifalarning talablariga mos bo'lishi kerak. 4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.97 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.97 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga