Reja: 1. Eksperimental tadqiqot shartlari. 2. Tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari. Eksperimental tadqiqot shartlari. 1 etap - Ilmiy nazariy va eksperimental tadqiqotning dastlabki etapida asosan nazariy masalalar kuriladi. Xususan, muammoning qo'yilishi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot muammosi, uning maqsadi, gipoteza, tadqiqot obyekti, predmeti, vazifalari ilmiy tadqiqotimizning nazariy qismini tashkil qiladi. Eksperimental tadqiqotimizning bu etapi kirish qismida yoritiladi: Kirish. Muammoning qo'yilishi, asosnoma, mavzu dolzarbligi. Kirish qismida odatda muammoning dolzarbligi, muammoning psixologiyadagi roli; qanday izlanishlar olib borilgan; nimalar, qaysi tomonlar aniqlanmagan va kelgusida davom ettirilishni yoki boshlang'ich izlanishlarni olib borishni talab qiladi. Psixologiya amaliyotida oldingi izlanuvchilarning yechishga qaratilgan izlanishlarining qarama-qarshiligi ochiladi. So'ng tadqiqot muammosi shakllanadi - belgisiz, kam izlangan, noaniq yoki psixologik jarayonning yetarlicha o'rganilmagan dolzarb masalasi. Muammo. - bu qandaydir masalani yechishda mavjud bilimlarning yetarsizligi va yetarsiz bilimlarni olish usullari noaniq paytda yechilishi zarur masaladir. Tadqiqot muammosi o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, u jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy zaruriyati asosida amaliyot talabi va psixologiya fanlari taraqqiyoti natijasida tugiladi. Tadqiqot maqsadi ish natijasida (mazkur jarayonning qanday obyektiv qonuniyatlari aniqlangan, qanday yangiliklar kiritilgan) erishilishi kerak bo'lgan narsani ko'zda tutadi. Shu bilan birga tadqiqot maqsadi bilan tadqiqot vazifasini aniq fahmlab olish zarur. Tadqiqot maqsadi va vazifalari haqida aniq tushunchaga ega bo'lish uchun quyidagi misolga qaraylik: Yaxshi yashash (maqsad) uchun - yaxshi ishlash (vazifa) kerak. Bunday iborada jamiyatning har bir a'zosining maqsad va vazifasi lunda va aniq ko'rsatilgan. Ba'zida tadqiqot maqsadi mavzu nomining o'zidanoq aniqlanadi. Lekin oldiga qo'yilgan aniq maqsadsiz, samarali ishlash mumkin emas. 2 etap ham nazariy asoslarini tarkibi bo'lib, bunda o'tkazilayotgan eksperimental psixologik tadqiqotimizning kelajagini belgilab beruvchi va o'z tasdigini topishi lozim bo'lgan faraz, ya'ni gipotezani ham o'z ichiga oladi. Gipoteza. Bu tadqiqotchining o'z oldiga qo'ygan masalaga mumkin bo'lgan (ko'zda tutilgan) javobini aniqlaydi. Gipoteza to'zish tadqiqotning mas'uliyatli va qiyin etaplaridan biridir, shuning uchun tadqiqot ishlarida aniq yo'l ko'rsatadigan mayak deb ataladi. Gipoteza ilmiy ishda tadqiqotchining fikrini yo'naltirishda va ish uchun zaruriy material to'plashda keraklidir. Odatda gipoteza tuzilishi qo'yidagicha sxemada to'ziladi: «agar buni, va shunday qilsam, u holda shunaqa psixologik natijani kutsa bo'ladi. Gipotezani to'gri to'zish uchun izlanilayotgan muammo sohasida keng dunyoqarashga ega bo'lishi, ilmiy-metodik ish bilan yaxshi tanish bo'lishi zarur. Tadqiqotimizning 3 etapi nazariy ma'lumotlarga ega bo'lgan holda eksperimental tadqiqotga o'tish etapidir. Bunda nazariy asoslarda ilgari so'rilgan faraz (gipoteza) eksperimental tarzda tekshiriladi, bunda tanlangan metodikalar validligiga qarab qo'llaniladi, ya'ni maxsus va muammomizni yechishga imkon beradigan metodikalardan foydalanib faraz tekshiriladi. 4 etapda esa olingan ma'lumotlar interpritatsiya (tahlil) qilinadi va xulosa chiqariladi. Shuningdek ilgari surilgan farazning chin yoki noto'griligi tekshiriladi. Yuqoridagi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.12 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.12 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc