Reja: 1. Dastlabki natijalarni taqsimlash. 2. Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish 3. Markaziy an'analar o'lchovi. 4. O'zgaruvchanlik o'lchovlari. 5. O'zaro aloqalar o'lchovi. Eksperimental tadqiqot natijalarini ma'lum bir statistik metodlar orqali tavsiflanishi mumkin. Har bir holatda qaysi statistik metoddan foydalanish qo'llaniladigan o'lchov shkalasi tipiga bog'liq bo'ladi. Birinchi navbatda natijalarni taqsimlash tushunchasi mohiyatini ochib berish kerak. Tasavvur qiling: juda ko'p tekshiriluvchilarga 20 ta vazifani yechish topshirilgan. Natijalar echdi, echmadi tarzida ajratiladi. Tekshiriluvchidan faqat ayrimlarigina 20 ta vazifaning hammasini yechishsa, ayrimlari esa 1 ta ham echa olmaydilar. Natijalarni tahlil qilish avvalo 1 ta vazifa echganlarni, keyin 2 ta, so'ngra 3 ta va hokazo ajratishdan boshlanadi. Vazifani to'g'ri echgan kishilar sonini bildiruvchi hajm chastota deb ataladi va f bilan belgilanadi. Olingan chastotalar yig'indisi dastlabki natijalarni taqsimlanishini tashkil etadi. (bizning misolimizda vazifani to'g'ri echgan kishilar soni). Eksperimental tadqiqotlarda tanlanma tushunchasi ham qo'llaniladi. Tanlanma eksperimentda qayd etilgan o'zgaruvchilar hajmini bildirib, N bilan belgilanadi. Agar 10 kishiga 15 tadan topshiriq berilgan bo'lsa, u holda Nq10 x 15 q 150 bo'ladi. Quyidagi misol bilan tanishib chiqaylik. Bir xil yoshda bo'lgan 100 ta o'smirlar (500 ta o'g'il bolalar, 500 ta qiz bolalar) bilan qaysi janrdagi adabiy asarlarni sevib o'qishlarini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazilgan. Ular faqat bittadan janrni tanlashi kerak. Natijalar quyidagicha hisoblanadi va jadval shaklida ifodalanadi. O'smirlar tomonidan asar janrini tanlash chastotasi (f). Tanlash chastotasining % da ifodalanishi. Ko'pincha birlamchi natijalarni jadval bilan bir vaqtda grafik shaklida ham aks ettiriladi: Bu ustunsimon diagramma deb ataladi. Xuddi shu natijalarni gistogramma shaklida ham ifodalash mumkin. Gistogramma tuzishda x o'zgaruvchi nol' bo'lishi mumkin. SHuning uchun dastlabki natijalarni guruhlarga ajratish talab qilinadi. Guruhlashtirish deganda, x o'zgaruvchining bir nechta qiymatini 1 ta umumiy razryadga birlashtirish tushuniladi. Guruhlashtirish faqat eksperimental ma'lumotlar juda ko'p bo'lganda qo'llaniladi. Guruhlashtirishni tushuntirish uchun misolga murojaat qilaylik. Bizga shunday sonlar qatori berilgan: (psixologik testni to'g'ri echgan kishilar soni). Bu ko'rsatkichlarni guruhlashtirish uchun unda eng maksimal (55) va minimal (10) qiymatini topib, ular o'rtasidagi taqsimlash ko'lamini topamiz, (55-10q45) 10 tadan kam bo'lmagan sonlar guruhini tashkil qilish uchun bizning misolimizda, sinflar ko'lami 5 tadan kam bo'lmasligi kerak. Bu guruhlashtirish quyidagicha ko'rinishga ega: Psixologik tadqiqot natijalarini tahlil qilishda ko'pincha o'rtacha arifmetik qiymat (M) va mediana (Me) dan foydalaniladi. Dastlabki natijalar uncha ko'p bo'lmaganda guruhlashtirish talab etilmasa, ularning o'rtacha arifmetik qiymati quyidagicha aniqlanadi: dastlabki qiymat (x) lar yig'indisi dastlabki berilganlar (N) yig'indisiga bo'linadi. Misol uchun: M q 29,60. Markaziy an'analar o'lchovining ikkinchi o'lchovi mediana deb atalib, u o'lchov shkalasining shunday nuqtasi, undan yuqorida ham, pastda ham ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.65 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.65 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc