Reja: Eksperimental tadqiqotlar turi. Eksperiment dasturini ishlab chiqish. Eksperimentni o'tkazish. Tayanch iboralar: Eksperimental tadqiqot, eksperiment dasturi, eksperiment uslubiyoti, empirik bog'liqlik, approksimatsiya. Eksperimental tadqiqot - bu yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usuli bo'lib, nazariy qoidalarni tekshirishni, ilmiy - tadqiqot mavzusini yanada kengrok va chuqurrok o'rganishni uzida mujassam etadi. Eksperimental tadqiqotlar laborotoriya va ishlab chiqarishda olib boriladi. Laborotoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma, stendlarda namunaviy asboblar va tegishli uskunalarni kullab o'tkaziladi. Bular kam xarajat kilgan holda kimmatli ilmiy informatsiya olish imkonini beradi. Eksperimental tadqiqotning bunday natijalari xamma vaqt xam jarayon yoki obyekt ishining borishini tulik aks ettira olmaydi. Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhit turli tasodifiy omillarini hisobga olgan holda mavjud sharoitlarda o'tkaziladi. Bunday eksperimentlar laborotoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki obyekt) xajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Ekspluatatsiya kilinadigan obyektning turli dala sinovlari xam ishlab chiqarish tadqiqotlarga kiradi. Tegishli metodika va shakl bo'yicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala bo'yicha materiallar to'plash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o'tkazish uchun eksperiment uslubiyoti ishlab chikiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi: - eksperimentning dasturini ishlab chiqish; - ulchamlarni baholash va eksperiment o'tkazish vositalarini tanlash; - eksperimentni o'tkazish; - eksperiment natijasida olingan ma'lumotlarni ishlab chiqish va taxli qilish. Eksperiment dasturi - eksperimental tadqiqotlarning uslubiy asosi bo'lib u kuyidagilarni o'z ichiga oladi: - tadqiqot mavzulari ruyxati va ishchi gipoteza mazmuni; - eksperiment uslubiyoti va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va xoka'zolar ruyxati; - bajaruvchilar ruyxati va ularning kalendar ish rejasi; - eksperimentni bajarish uchun xarajatlar ruyxati. Eksperiment uslubiyoti - uslublar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofik usullari majmui. Umumiy tarzda u o'z ichiga kuyidagilarni oladi: - eksperiment maqsad va vazifasini; - faktorlarni tanlash va ularning o'zgarish darajasini; - vositalar va o'lchashlar zarur miqdorini asoslashni; - eksperiment mohiyati va tartibining bayonini; - eksperiment natijalarini ishlab chiqish va tahlil qilish usullarini asoslashni. Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani tahlil qilish asosida aniklanadi. Vazifa aniq bo'lishi, ularning soni uncha ko'p bulmasligi lozim: oddiy eksperimenti uchun - 3÷4, majmua eksperiment uchun esa - 8÷10 ta. Jarayon yoki obyektga ta'sir etuvchi faktorlarni tanlash kabul qilingan ishchi gipotezaga muvofik nazariy ishlanmalarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muhimlik darajasiga ko'ra saralanadi, sungra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi. Faktorlar soni uncha ko'p bo'lmaganda ularning muhimlik darajasi bir faktorli eksperiment bo'yicha aniklanadi. Agar faktorlar soni katta bulsa, ko'p faktorlik tahlil kullaniladi. o'lchash vositalari eksperimentning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc