Ekspremental psixologiyada metodlar Reja: METOD HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA ASOSIY VA YORDAMCHI METODLAR METODOLOGIK TAJRIBALAR VA NAZARIYALAR XULOSA Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor, muomala va faoliyat mu-vaffaqiyatini taminlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi psixolog-lar tomonidan takidlab o'tiladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday etirozlar bo'lishi mumkin emas. Chunki mazkur omil eks-perimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga keli-shidan etiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singa ri tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta-kidlab o'tish lozimki, inson muomalasining, xulq-atvorining kechi-shi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul yakunlanishi ko'p ji-hatdan shaxsning emotsional holatlariga «emotsional ton, kayfiyat, stress, affekt va hokazo», izohlanishi murakkab bo'lgan ruhiy ke-chinmalarga, yuksak his-tuyg'ularga bog'liq Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo'lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo'lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo'lishlikdir. METOD TURLARI KUZATISH ANKETA Tajriba (eksperiment) SUHBAT Test Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o'zini o'zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshi- riladi: kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; kuzatiladigan obyekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o'rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subek-ti tanlanadi, mavzusi, o'tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxs-lar, guruh va jamoa bilan o'tkazish rejalashtiriladi, o'rganilayotgan narsa bilan uzviy bog'liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbat-ning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish ja-rayonida inson psixikasidagi o'zgarishlarni o'rganishdir Test metodi. Test - inglizcha so'z bo'lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning aqpiy o'sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo'lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo'llaniladi Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsa-dida bu metod umumiy psixologiyada keng qo'llaniladi. Bolalar chiz-gan rasmlar, yasagan o'yinchoqlar, modellar, yozgan sherlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, ba-diiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to'plash mumkin. obyekt bilan subyekt o'rtasida muloqot o'rnatish uchun shaxsning psixikasi to'g'risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, mil-liy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma'ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko'rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san'atkor, artist va bahshi ijodiyoti kabilar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
304.93 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
304.93 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: pptx