REJA: Epilepsiya , bosh miya jarohatida uchraydigan ruhiy o'zgarishlar , bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari Psixogeniyalar Amaliy muolajalar va ko 'nikmalar Epilepsiya (epilambano - ushlab olaman) - tutqanoq yoki quyonchiq - surunkali kasallik bo'lib, mushaklar tortishi va tortishuvisiz qaytarilib turuvchi hamda bemorning shaxsiyati o'zgarib borishi bilan kechadigan kasallik. Kasallikning kelib chiqish sabablari juda ko'p va xilma-xildir. 1. Neyroinfeksiyalar (gripp, brutselloz, revmatizm, sistoserkoz, exinokokk, glistlar). 2. Bosh miyaning turli xil yallig'lanishlari (meningit, leptomeningit, ensefalit). 3. Bosh miyaning yopiq jarohatlari (tug'uruqdagi jarohatlar, asfiksiya). 4. Bosh miyaning qon tomir kasalliklari (ateroskleroz, xafaqon kasalligi, voskulitlar). 5. Turli xil zaharlanishlar va alkogolizm. 6. Bosh miyada qon aylanishining buzilishlari (insultlar). 7. Bolalarda surunkali tonzillit va turli xil bosh miyaning organic kasalliklari (bolalar serebral falajligi). 8. Irsiy-degenerativ kasalliklar va bosh miya o'smalari va h. k. Epilepsiya bo'lishi uchun, asosan, epileptik o'choq va epileptogen manba bo'lishi kerak. Epileptik o'choq deb miya tizimidagi cheklangan o'zgarishlarga aytiladi. U atrofdagi neyronlarning kasallikka qo'zg'alishiga sabab bo'ladi. Natijada bu neyronlar o'zidan fokal epileptik kuchlanish chiqara boshlaydi. Epileptik o'choqdagi ko'plab neyronlarning qo'zg'alishi oqibatida shunday razryadlar rivojlanadi. Bu holat EEGda «tig'» shakldagi to'lqinlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Epilepsiyada bosh miyada glioz to'qimalar ko'payadi, bulardan chandiqlar hosil bo'ladi. Epilepsiya bilan og'rigan bemorlarda moddalar almashinuvi buziladi (oqsil-azot, suv-tuz, uglevod almashinuvi), tutqanoq oldidan asetilxolin moddasi miqdorining oshishi kuzatiladi. Klinik manzarasi 4 bosqichda kechadi: 1. Aura. 2. Tonik tortishish. 3. Klonik tortishish. 4. Uyqu holati. Aura (grekcha - shamol degani) tutqanoq xurujining xabarchisidir. Aura har doim hushning yo'qolishidan oldin keladi. Aura har xil ko'rinishda paydo bo'ladi. Bularga oshqozon atrofidagi yoqimsiz hislar, ko'ngil aynish, bu hislar tananing yuqori qismiga ko'tarilib, bosh miyaga ta'sir qiladi. Natijada, bemor hushdan ketadi. Ba'zi bemorlarda ko'z qorachig'ining torayib-kengayib turishi, terisida uvishish, isib ketish, qorin-ichaklarda og'riq, eshitish va ko'rishning pasayishi, gallutsinatsiyalar, bosh aylanish, muvozanatning buzilishi, qattiq qichqirib yuborish holatlari kuzatiladi. Aura bir xilligi va qisqa vaqtligi bilan xarakterlanadi hamda har bir bemorda o'zining aurasi bo'ladi. Auradan so'ng xuruj tonik tortishishga o'tadi, bunda bemor boshida baqiradi, nafas olish to'xtaydi, yuzi oqaradi, keyin ko'karib ketadi. Bosh yonga, orqaga tashlanadi, ko'zlar ham yon tarafga yoki tepaga qaratilgan bo'lib, ko'z qorachig'i kengayib, yorug'likka javob bermaydi. Bo'yin tomirlari shishgan, jag' qattiq qisilgan, lab burchagida ko'pik, ba'zida qon keladi, qo'1-oyoqlar katta bo'g'imlardan yozilib, qo'l panjalari siqilgan bo'ladi. Ixtiyorsiz ravishda siydik va najasni chiqarib yuboradi. Tonik qaltirashdan keyin klonik qaltirashga o'tadi. Bunda bosh, qo'l va oyoqlar qaltirab, tana zarb bilan yonga va orqaga uriladi. Kasal yana chuqur nafas ola boshlaydi, ko'karish kamayadi, terlaydi. Bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.42 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.42 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc