Estetik ong va estetik faoliyat

Estetik ong va estetik faoliyat

O'quvchilarga / Psixologiya
Estetik ong va estetik faoliyat - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Estetik ong 2. Estetik faoliyat Kishi psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo'lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo'nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo'lishi uzoq davom etgan materiya rivojlanishining natijasi deb izohlaydilar. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilishar ekan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o'ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli shakllarini o'rganadilar. Harakatsiz, mutlaqo harakatlanmaydigan materiya umuman bo'l-maydi. Olamdagi butun materiya, jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, o'zgarish va rivojlanish holatida bo'ladi. Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy va kimyoviy ta'siri tarzida yuz berishi mumkin. Jonli materiyaga in'ikosning biologik shakllari xos bo'lib, jonli materiyaning ma'lum bir bosqichida in'ikosning yangi shakli sifatida psixika paydo bo'ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo'zg'atuvchilarga nisbatan tanlangan holda munosabatda bo'ladi va bu bilan jonli materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini - o'zini o'zi tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi. Uzoq vaqt davom etgan evolutsiya natijasida hozirgi organizm-larda in'ikosning qo'zg'aluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari bo'lmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar turli shakllarini ko'ramiz. Agar jonli mavjudotlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda mutlaqo bir xil bo'lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to'lib ketgan bo'lardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham, yashash sharoiti jihatidan ham g'oyat rang-barang bo'lib, bu organizmlarning tabaqalanishini taqozo etadi. Aks ettirish usullari yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita ta'siridan shunchalik ozod bo'la boradi. Yashash sharoitlarining keskin o'zgarishi hayvonlarning joyini o'zgartirishga majbur etishi azaldan ma'lum. Hayvonlarning bunday xatti-harakatlari sharoitga ko'proq yoki kamroq darajada mos bo'lishi mumkin. Cho'l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o'zlarining normal hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu o'rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o'ziga suv sepa boshlaydi, qalin soyaga yashirinadi, maymun ham issiqdan saqlanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bu o'rinda instinktlardan ko'ra hayvonlar individual hayot kechirishida orttirgan tajriba - shartli bog'lanishlar ta'sir qiladi. O'simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolutsiyasining barcha bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in'ikosning alohida, biologik shakli - ta'sirlanuvchanlikka ega bo'ladi. Ta'sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo'lgan (biotik) ta'sirga javob berish qobiliyati demakdir. Oddiy ta'sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq seziladi. Ular muhitning ta'siriga harakatlanish bilan javob beradi. Muhit biotik ta'sir o'tkazishi mumkin bo'lib, buning natijasida jonli organizmda protoplazmaning xossasi o'zgaradi. Qo'zg'atish ta'siriga uchraydigan o'zini tartibga soluvchi tizim sifatida tirik hujayrada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.21 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.21 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga