RYeJA: 1. Siyosiy- iqtisodiy va jamiyatdagi ijtimoiy omillarni roli. Tabiiy geografik muhit va uning etnik xususiyatlariga ta'siri. Etnos hayotida bo'lib utgan tarixiy hodisalarning ahamiyati. yuqorida kurdikki, ayrim tadqiqotchilar va mualliflar etnopsixologik xusiyatlarinig real mavjudligining inkor etdilar yoki uni tekshirish uchun keyin obyekt ekanligidan zorlandilar. to'g'ri, etnopsixologik xususiyatlarini o'rganishdagi qiyinchiliklarni inkor etib bulmaydi. Lekin shu bilan birga bu real mavjudmi yoki yukmi degan savolni kuyilishi ortikcha deb uylaymiz. Etnopsixologik xususiyatlar kelib chiqishi jihatidan bugun o'tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan boglanib ketgan bo'lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalrok vujudga kela boshlagan bo'ladi. Malumki, millat etnik birlik taraqqiyotining yuqori bosqichidan yuzaga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarining ayrim belgilari kishilar birligining xamma tarixiy davrlariga ayrim yani urug, kabila, millatlarga xosdir. Etnopsixologik xususiyatlar ayrim tadqiqotchilar kursatganidek fakat bir omil -tabiiy muhit ta'siri bilangina vujudga kelib kolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta'sir kursatadi. Birinchi omil - bu -siyosiy -iqtisodiy va jamiyat hayotida bulayotgan ijtmoiy jarayonlari tizimi bulsa, ikkinchisiga shu etnik birlik yashab turgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo'lib utgan tarixiy hodisa va vokealar kiradi. Lekin shuni aytish kerakki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida kishilar ruhiyatining mazmuni avvalo birinchi omil -siyosiy-iqtisodiy ijtimoiy o'zgarishlar belgilab beriladi. Tabiiy geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun xam bu omil kuzatayotgan kishi nazariga birinchi omilga karaganda yakkol namoyon bo'ladi. xalq hayotida bo'lib utgan muhim tarixiy vokealar so'zsiz uning psixologik uchmas iz koldiradi. Tabiatdagi ayni bir vokealikning doim ta'siri natijasida kishilar bu vokelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga karaganda chuqurrok idrok qilishga urganib koladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi a'zolarimizga behisob informatsiyalar, yani xilma - xil taassurotlar yuborib turadi, natijada evolyutsion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muhit bilan adekvat (munosib ) munosabatini tamin ettiruvchi neyro-fiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklari namoyon etadi. Shuning uchun u yoki bu xalqka xos stereotip xatti -harakatlarini, idrok xususiyatlarini tashqi muhitiga moslashuvining oliy ko'rinishi deb hisoblash kerak. tashqi muhitning doimiy ta'sirida vujudga kelgan ruhiy xususiyatlar bu tassurotlarning butun sistemasi (tizimi )ni emas, balki uning uchun muhim bo'lgan va o'tmish tajribasida sinalgan mustahkamlangan kolgan tomonlarinigina aks ettiradi. «tashqi omil ta'sirida kishi miyasida urnashib xislar, fikrlar, xoxish, idrokni namoyon bo'lishi. Xullas ideal orzu - tilak tarzida aks etadi va xuddi shu ko'rinishda ideal kuchlar bo'lib koladi», deb yozgan edi F. Engels. S. I. Korolevning ko'rsatishicha, shakllangan etnopsixologik xususiyatlar malum darajada muhofaza qiluvchi mexanizm rolini uynaydi. U xuddi galvirdek yot narsalarni ajratib uni yo kabul qiladi, yoki shu xalqda ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.26 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.26 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc