Reja: Etnopsixologik tadqiqotlar o'tkazilish tarixidan Etnopsixologiya va etnografiya Xar qanday fan uzining tadqiqot obyekti, predmeti va tushunchalariga ega bo'ladi. Etnopsixologiya fani xam bundan mustasno emas. Yunon tilidan olingan, «Etnopsixologiya» atamasi murakkab ibora bo'lib, uch uzakka ega: «etnos», «psixe», va «logos». «Etnos» so'zi taxminan «xalq» so'ziga muvofik keladi, «psixe» - «rux» degani, «logos» esa «so'z», «ta'limot» degan manoni anglatadi. Shunday qilib, «etnopsixologiya» xalq (etnos)ning ruhiyati degan ta'limot (fan)ni anglatadi. Etnopsixologiyaning fan sifatidagi obyekti va predmeti nimadan iborat, ayni paytda u o'z predmeti to'g'risida qanday fikr yuritadi, uning metodlari qanday degan savollar xam tugiladi. Bu savollarga javob berish xar bir insoniy birlik uzining uzoq davr mobaynida mavjud bo'lib turishida guruhiy psixologik belgilar haqidagi tasavvurlarga ega bo'lishni takozo qiladi. Modomiki, etnos, xususan, millat uzining tarixan barqaror, murakkab hayot yo'liga ega bo'lgan sotsial guruh ekan, tabiiyki, u o'ziga xos psixik belgilar va ularning birligi - psixologik komplekslariga xam egadir. boshqacha aytganda, xar bir etnik guruhning kelib chiqishi va taraqqiyotining guruhiy psixologiyasi mavjud. Demak, etnik psixika o'z ichiga muayyan etnosning kelib chiqishi va keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida egallagan psixofiziologik, xususiy va sotsial-psixologik belgilarni o'z ichiga oladi. Muayyan etnos tarkibiga kiradigan xar bir odam individuallik, yani o'ziga xos qaytarilmas xarakter, motivatsiya va shaxsning boshqa aspektlari, shuningdek, bu belgilarning qaytarilmas birligi yoki kompleksiga ega bo'lishiga qaramay, etnik guruh uzining barcha a'zolari xarakteri uchun umumiy belgilar, ularning majmuasi, xulk-atvorining turgun (stereotip) xususiyatlari, etnosning kelib chiqish va tarixiga oid umumiy tasavvurlarga xam egadir. Etnik guruhlar ayni paytda boshqa guruhlar va qadriyatlarga yo'naltirilgan umumiy baho, umumiy ustanovkalarga xam egalik qiladi. Ularning barchasida tabiiy hodisalar, ijtimoiy hayot, madaniyat va boshqalarga tegishli bo'lgan umumiy bahoviy xukmlar amal qiladi. yuqorida sanab utilgan jamiki hodisalar shu manoda umumetnik xarakter kasb etadiki, ular etnosning asosan yoshi ulug a'zolari tomonidan etirof etiladi va xulk-atvor hamda xatti-harakatlarda namoyon bo'ladi. Etnopsixologiyaning obyektini etnik guruhlar, uning predmetini esa etnos va uning vakillariga xos psixik belgilar, etnoslararo o'zaro ta'sir va konfliktlar tashkil etadi. Bu ta'rifni konkretlashtirgan holda etnopsixologiyaning tadqiqot predmetining bir kator muammo va vazifalarini kayd etish mumkin. Bular kuyidagilardir: - etnos-xususan, millatning psixik qiyofasi (uning qanday etnopsixologik qonuniyatlar asosida shakllanishi, uning strukturasi va funksiyalari va x. k); - etnik xarakter (uning asosiy belgilari va ularning birligi); - psixik qiyofa va xarakter jihatdan etnik guruhlar o'rtasidagi tafovutlar; - etnik xarakter tipologiyasi Etnopsixologiya tizimida milliy simvollar muammosi alohida urin tutadi, shuning uchun ularni tadqiq etish o'ta zarur. Milliy simvollar deyilganda bir etnosning boshqasidan farqlab turadigan tabiat predmetlari va madaniyatlari haqidagi tasavvurlari, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc