Faoliyat psixologiyasi Reja: 1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha. 2. Ko'nikma va malakalar. 3. Faoliyatning asosiy turlari. Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bo'lganeng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so'zlaridan kelib chikkan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg'onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o'z-o'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. tashqi faollik- bu tashqaridan o'z ichki istak-xoxishlarimiz ta'sirida bevosita ko'rish, kayd qilish mumkin bo'lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo'ladigan faollik. B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim o'zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya'ni aslida kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta'sir kursatuvchi omillarni o'z ichiga oladi. Misol tarikasida hayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzoq ayrilikdan sung ona o'z farzandi visoliga yetdi. tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida kursak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin motivlar ta'siri), ko'rib idrok kilgandagi o'zaro bir-birlariga intilishni ta'minlovchi ichki, bir qarashda kuz bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo'ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo'lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning ehtiyojlariga bog'liq bo'lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo'lib,shaxsning jamiyat bilan bo'ladigan murakkab va o'z aro munosabatlarining oqibati hisoblanadi Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya'ni, faoliyat- inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini uzgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir Bu-yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o'z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o'yin ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.27 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.27 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: ppt