Faoliyat va muloqot

Faoliyat va muloqot

O'quvchilarga / Psixologiya
Faoliyat va muloqot - rasmi

Material tavsifi

Reja: Faollik va faoliyat haqida tushuncha. Ehtiyojlar va ularning turlari. Faoliyat maqsadlari va ularni o'zlahstirish, faoliyatning turlari. Muloqot turlari va vazifalari. Muloqotning o'ziga xos psixologik tomonlari. Tayanch iboralar: Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Hayvonlar faolligi va inson faoliyatining farqlari. Faoliyat va uning maqsadlari. Faoliyat motivlari. Faoliyatning tuzilishi. Ichki va tashqi faoliyatning o'zaro bog'liqligi: interiorizatsiya va eksteriorizatsiya. Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatni o'zlashtirish; ko'nikma, malaka, odatlar. Ko'nikmalarning shakllanishi. Faoliyatning asosiy turlari: o'yin, mehnat, o'qish va muloqot. FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan bog'lanishlarni ta'minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo'nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo'lib hisoblanadi. ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining aniq shart - sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir. Kishining faolligi ham ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida nomoyon bo'ladi. Odamning faolligi shakllari bilan hayvonning xatti harakatlari faolligi o'rtasidagi tafovutlar mavjud. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta'minlaydi. Odamning faolligi va faollikning manbai bo'lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya'ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya'ni faqat biologik ma'noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo'lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo'lgan o'z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o'zgartirishga qodirdir. Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o'zgarib boradi. Ular hozirgi zamon kishisida uning ajdodlarida bo'lganiga qaraganda boshqachadir. Uning avlodlarida ham boshqacha bo'ladi. Kishining ehtiyojlarini to'la-to'kis qondirish uni har tomonlama rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, lekin bu yakkayu yagona shart emas, albatta. Kamolatga erishishning boshqa shart-sharoitlari (birinchi navbatda mehnat) mavjud bo'lmasa, o'z ehtiyojlarini osongina qondirish imkoniyati kishini ko'pincha inqirozga uchratadi. Mehnat bilan yo'naltirilmaydigan tekinxo'rlik ehtiyojlari zid xulq-atvor (ba'zan esa jinoi xatti-harakat)ning manbai bo'lib qolishi mumkin va ayrim kishilarda shunday bo'lmoqda. Jamiyat kishining tarbiyasiga nisbatan qo'yayotgan eng muhim talablardan biri mehnat qilish ehtiyojini ta'minlashdan iboratdir. EHTIYOJLARNING TURLARI. Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko'ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko'ra ehtiyojlar TABIIY va MADANIY bo'lishi mumkin. Tabiiy ehtiyojlarda kishining o'zining hayoti va o'z avlodlari hayotini saqlash va davom ettirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarga bog'liqligi ifodalanadi. Barcha odamlarda ovqatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bo'lishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanishga va hokozolarga tabiiy ehtiyoj bo'ladi. Agar tabiiy ehtiyojlardan birontasi uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa odam mukarrar ravishda xalok bo'ladi yoki naslini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning soniga ko'ra) odamning hayvon ajdodlaridagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.5 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.5 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga