Faollik faoliyat va uning turlari

Faollik faoliyat va uning turlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Faollik faoliyat va uning turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ehtiyojlar faollik manbai Ehtiyoj turlari Faoliyat va uning maqsadi Faoliyat strukturasi Faoliyatning uzlashtirilishi ko'nikma, malaka, mashq. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo'nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir. Odam va hayvon ehtiyojlari turlicha bo'lgani ham u tufayli yuzaga keladigan xatti-harakatlar ham bir-biridan farq qiladi. Kishining faolligi ehtiyojlarning kondirilishi jarayonida namoyon bo'ladi. Hayvon tabiat nematlaridan tayyor holidagina faydalanadi, odam esa shu nematlarni o'zi tayyorlaydi. Shuning uchun ham kishining o'z ehtiyojlarini kondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallash, faol, muayyan maqsadga yo'naltirilgan jarayon sifatida ajralib turadi. Ehtiyojlar kondirilishi jarayonida rivojlanib va uzgarib boradi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, yani kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shakllanadi. Kishining o'z ehtiyojlarini kondirish jarayonlari ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan maqsadga yo'naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi. Kishining ehtiyojlari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xarakterga egadir. Bu, birinchidan, hatto shunchaki, tor manodagi shaxsiy xarakterga ega bo'lib tuyulganda ham ijtimoiydir. (masalan, non - non bo'lib dasturxonga kelguncha unlab odamlar mehnati sarflangan, ijtimoiy mahsuldir). Ikkinchidan kishi o'z ehtiyojlarini kondirish uchun mazkur ijtimoiy muhitda tarixan tarkib topgan vositalar va usullardan foydalanadi. (Gushtni istemol qilish uchun kozon, pichok, vilka va boshqalardan foydalaniladi). Uchinchidan kishining kupgina ehtiyojlari uning tor manodagi shaxsiy talab-ehtiyojlaridan kura kuprok kishi o'zi mansub bo'lgan va birgalikda mehnat kiladigan jamiyatning, jamoaning, guruhning ehtiyojlarini ifodalaydi, jamoa ehtiyojlari kishining shaxsiy ehtiyojlari tusini oladi. (Yig'ilishda mavzu bilan chiqish uchun tayyorlanish ehtiyoji kelib chikadi). Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko'ra farqlanadi. Kelib chiqishiga ko'ra ehtiyojlar tabiiy va madaniy bo'ladi. Tabiiy ehtiyojlarda kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, uning hayoti va uning avlodi hayotini saqlash va kullab quvvatlash uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarga buysunganlik ifodalanadi. (ovqatlanish, uxlash, qarama-qarshi jinsning mavjud bo'lishiga ehtiyoj va b.) Madaniy ehtiyojlarda odamning faol faoliyati insoniyat madaniyatining mahsuliga bog'lik ekanligi ifodalanadi, uning ildizlari kishilik tarixining sarhadlariga borib takaladi, (Kitob, gazeta o'qish, muzika tinglash ehtiyoji va boshqalar). ma'naviy jihatdan urinli bo'lgan ehtiyoj-odam yashayotgan jamiyatning talablariga javob beradigan, ana shu jamiyatda kabul qilingan didlar, baholar, muhimi, dunyoqarashga mos keladigan ehtiyojlardir. Madaniy ehtiyojlar uzining darajasiga ko'ra, kishiga kuyilayotgan talablar bilan bog'likligiga ko'ra jiddiy farqlanadi. (kitob topish ehtiyoji va chiroyli galstuk topish ehtiyoji bir emas!) Ehtiyojlarning o'zi ham, ular tufayli yuz beradigan faoliyat ham o'z darajasiga ko'ra turlicha baholanadi. ma'naviy jihatdan urinli bo'lgan ehtiyoj-odam yashayotgan jamiyatning talablariga javob beradigan, ana shu jamiyatda kabul qilingan didlar, baholar va muhimi dunyoqarashga mos keladigan ehtiyojlardir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.92 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.92 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga