Giyohvandlik deviant xulq shakli sifatida

Giyohvandlik deviant xulq shakli sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Giyohvandlik deviant xulq shakli sifatida - rasmi

Material tavsifi

Giyohvandlik deviant xulq shakli sifatida Reja: 1.Giyohvandlik haqida tushuncha. 2.O'smirlar orasida giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablari. 3.O'smirlarni giyohvandligi oqibatlari. 4. Jinoyatchilik bolalarda g'ayriqonuniy xatti-harakatning namoyon bo'lish shakli sifatida. Giyohvandlik tushunchasi. Giyohvandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi. Eyforiya - haqiqiy ahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko'tarinki bo'lishi holatidir. Giyohvand moddalarni istemol qilish nafaqat alohida shaxsga balki jamiyatga ham zarar keltiradi. Ijtimoiy tibbiy sohada giyohvand moddalarni istemol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyohvand giyovhand moddalarni istemol qilishni o'z ixtiyori bilan chek qo'yishi mumkin bo'lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi etmaydigan holat. Giyohvandlikni ijtimoiy pedagogik yo'nalishda o'rganish uni giyohvandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo'ladi. Bu tobelik bolani jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi. Giyovhandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksikomaniyada giyovhand modda o'rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi. Taksikomanlar odatda -14 yoshli o'smirlar bo'lib, ular o'z organizmlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki, bolalar organizm zaharlanishi natijasida yo nobud bo'lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta'siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqli norasolikka olib keladi. Giyohvandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko'ra jiddiy muammo hisoblanadi: -o'smir yoshidagi giyohvandlarning ommaviy ko'payishi; -qimmat turuvchi va kuchli ta'sir ko'rsatuvchi narkotik moddalarni istemol qilishning keng tarqalishi; -giyohvand bolalar va o'smirlar ijtimoiy maqomining o'zgarishi. Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga etgan farzandlar bo'lsa, hozirgi kunda giyohvand bolalar va o'smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to'lib bormoqda. Bu oilalardagi o'smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo'lmagan axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o'tkazish bajaradi. Giyohvand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur diskotekalar, rok-yulduzlar kontsertlari giyohvand moddalar istemol qilinadigan xavfli joylarga aylangan. Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo'lsa ham kokoin, geroin, ekstozi tabletkalari kabi giyohvand moddalarni istemol qilish katta xavf tug'dirmoqda. Birinchi istemol qilish bosqichi yarim giyohvandlik bosqichiga aylanib unda o'smir turli narkotik vositalarni qayta - qayta istemol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni istemol qilgan o'smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq - atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. Chunki kerakli narkotik turi tanlangach, giyohvandning avval ruhiy, so'ngra jismoniy tobeligi boshlanadi. O'smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to'xtab o'tilgan edi. O'smir guruhlar o'z xususiyatlariga ega bo'lib, ular: -kattalarning g'amxo'rligiga qarshi chiqish -tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o'smir xulq-atvor reaksiyalari bilan bog'liq. O'smirning giyohvandlik xulq-atvori asosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.87 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga