Globallashuv mohiyati, mazmuni, yo'nalishi va oqibatlari Bajardi: Tekshirdi: XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to'la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo'q, deb to'la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo'lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko'proq uchrab qolipsh mumkin. Bunday gayri ixtiyoriy ta'sir esa ko'pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog'dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz kayiqni topshirib qo'yish bilan baravar bo'ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o'tkazgan va o'tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuv milliy ma'naviyatga ham ta'sir o'tkazadi. Xar qanday siyosat, jumladan, iqtisodiy siyosat va ma'naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo'lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko'mak berishlarini e'tirof etishga to'g'ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko'proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak globallashuvning mohiyati, yo'nalishlari, xusuyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan u jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to'g'ri yo'l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun yamkoniyat yaratish mumkin. Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko'p. Lekin uning xususiyatlarini to'laroq qamrab olgani, bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif. Unda globallashuv ekarayonishshg uch o'lchovli ekaniga urgu beriladi: globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy ja rayon; globallashuv - jahonning gomogenlashuvi va univer sallashuvi jarayoni; globallashuv - milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni. B.Bandi ta'rifida keltirilgan globallashuv o'lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e'tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko'ramiz. Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o'tkazipsh mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy ta'siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so'zlarida yaxshi ifodalangan: Men uyimning darvoza va epshklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: ppt