Reja: 1. Go'daklik davri bo'yicha psixologik nazariyalar. 2. Go'dakda muloqot ko'lamining kengayishi. 3. Nutqning paydo bo'lishi. Go'dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida go'dakka chiroyli va jozibador o'yinchoqlar 9 sm masofadan ko'rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo'lganida bolaning intilish, qo'l cho'zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko'rsatilganda bolada intilishi, cho'zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so'ngan. U o'yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatib borish mumkin. Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalr go'dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go'dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o'ziga tortib, maftun qilib, qo'zg'atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo'ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go'daklarda jozibali narsalarning o'zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan ma'lumotlarga qaraganda, go'dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko'ruv qo'zg'atuvchisiga diqqatni to'plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tiqilishi 34 sekunddan 11 sekundgacha, harakatdagi ko'ruv qo'zg'atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e'tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go'dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to'plab turishi to'rt marotaba ortgani aniqlangan. Bizningcha, go'dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o'zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust ritseptor o'rnini faolroq retseptor egallaganidandir. Go'dakda fazoviy tassavurning boyishida jismlarni idrok qilishdagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarni farqlash o'quvi paydo bo'ladi. fransuz psixologi Anri Vallon go'dakda ijtimoiy ta'sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning tag'kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravshda javob reaksiyasi (ta'siri) o'zining yuqori bosqichiga ko'tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta'siriga javob berishi (ta'sirlanishi) 50 foizgi tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaksiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinishi, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to'rt marta ko'pdir. Yuqoridagi tadqiqotlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo'ladi. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan kattalar o'rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o'rnatiladi. Ikkinchidan, go'dak qatnashadigan har qanday favquloddiy holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go'daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o'yin faoliyati individual o'yin ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc