Go'daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari Go'daklik davri Go'daklik davri bir yoshgacha davom etishini aytdik. Bu davrda bola jussasi zo'r berib o'sadi va rivojlanadi. Bola bir yoshida bo'yi 25 sm uzaygan bo'ladi; 4-5 oyligida vazni ikki, bir yoshga kelib, uch baravar oshadi va o'rta hisobda 10-11 kg ga etadi. Bola vaznining oyma-oy ortib borishi rasmda tasvirlangan. Bolaning harakat faoliyati va psixikasi juda tez rivojlanadi: avvaliga bola o'tira boshlaydi, keyin emaklab ketadi va, nihoyat, turadigan bo'ladi, ota-onasini taniydi. Bir yoshga yaqin avval kattalar yordamida, keyin o'zi yuradi; tili chiqadi va murg'ak qiyofasiga kiradi; u nimjonligiga qaramay, o'zining hissiyotlari, kechinmalari va tashvishlari bo'ladi. Bu davrda bola tanasining hamma a'zo va sistemalari yana ham rivojlanadi, biroq uncha takomillashmagan va o'ziga xos bo'ladi. Terisi nozik, salga shikastlanadigan bo'lib, sinchiklab parvarish qilishni talab etadi. Dastlabki 3-4 oyda ter bezlari faoliyati sust bo'ladi, bu esa issiqlik regulyastiyasini yomonlashtiradi, harorat o'zgarganida bola salga issiqlab ketishi yoki sovkotishi mumkin. Bola yarim yoshligida, ayniqsa, yuzda teri osti yog' qavati yaxshi rivojlanadi. Go'daklik davrida suyaklarida kalstiy tuzlari sekinasta to'planib, bir qadar qattik bo'lib qoladi. Tog'aylar sohasida suyaqlanish nuqtalari paydo bo'ladi.Katta liqildoq kechi bilan 1-1,5 yoshga borib, yopiladi. Kalla suyaklari ora lig'idagi choklar 3-4 oyga borib sekin-asta zichlashadi. Bola noto'g'ri parvarish kilinsa, sof havoda kam bo'lsa, skeletning shakllanishi buziladi, bu xol bolada raxit va boshqa kasalliklarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. 6-8 oylikda tish chiqa boshlaydi, dastlab, pastki markaziy kurak tishlar, keyin yuqoriga markaziy, so'ng yon tomondagi, yil oxiriga borib, pastki yon tomondagi kurak tishlar ham chiqadi. Bola bir yasharligida 8 ta tish bo'lishi kerak. Tish chiqishi normal, hech qanday kasallik alomatlarisiz kechadi, ba'zan, tishi chikayotgan bola injiq bo'lib qoladi; darmonsizlanish, uyqusizlik, harorat ko'tarilishi, ich ketishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Muskul sistemasi hali etarli rivojlanmagan bo'ladi, lekin go'dak o'sa borgani sari u tobora takomillashib, birmuncha kuchli, chidamli bo'lib koladi. 3-4 oyga borib, muskullar kamrok bukiladi, shu boisdan go'dakning bukilgan qo'l va oyoqlari yozila borib, qad-komati sekin-asta o'zgaradi. Bolani muntazam badantarbiya kildirilganda muskullari juda to'g'ri va bekamu ko'st rivojlanadi. CHAQALOQLIK (tug'ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko'pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug'iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg'armasiga ega bo'ladi. Tug'ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi - u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo'lishning yangi tajribalarini o'zlashtirish imkoniga sohib bo'ladi. Chaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: ppt