Guruh (jamoa) psixologiyasi. Guruhning ijtimoiy-psixologik strukturasi

Guruh (jamoa) psixologiyasi. Guruhning ijtimoiy-psixologik strukturasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Guruh (jamoa) psixologiyasi. Guruhning ijtimoiy-psixologik strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Guruh (jamoa) psixologiyasi. guruhning ijtimoiy-psixologik strukturasi Reja: Shaxs va guruh. Referent guruh. Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Shaxs va guruh Shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs malum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo'lgan taqdirda ro'y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro'y beradigan shaxslararo ta'sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak. Har bir shaxsning fel - atvorida, xatti - harakatlarida u mansub bo'lgan millat, xalq, hudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi, oilasining ta'siridan paydo bo'lgan sifatlari va xususiyatlari bo'ladi. Tarixiy shart - sharoit, davr, davlat tuzimi va o'sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta'sirlar haqida yuqorida gapirgan edik. Bu ta'sir makro bosqichdagi ta'sirlar deb atalib, yaqin muhitning ta'siri - mikro bosqichdagi ta'sirlar deb yuritiladi. Ikkala bosqichdagi ta'sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o'ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o'zining qiyofasini namoyon etadi. Mehnat jamoasida professoinal rollarni bajarish jarayonidagi xulq - atvori shaxsning ma'naviy va psixologik ko'rinishidagi asosiy omil bo'lib, katta yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o'zgartirish uchun uning professional faoliyatini ham o'zgartirish kerak, deyiladi. Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o'zida turli ijtimoiy guruhlarning ta'siri bo'lib turadi. To'g'ri, malum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta'siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo'ladi. Masalan, o'quvchilik yillarida maktabdagi o'quvchilar guruhining ta'siri mahalladagi o'rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo'lishi, yangi xonadonga kelin bo'lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta'siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo'lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz doimo malum guruhlar ta'sirida bo'lamiz. ho'sh, guruhning o'zi nima? Guruh - malum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to'plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud : biror faoliyatning bo'lishligi(mehnat, o'qish, o'yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o'zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi. Referent guruh. Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo'ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g'oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo'ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. Normativ guruhlar - bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u maqullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo'ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni kiritish mumkin. Masalan, o'zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o'tirgan zahoti yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga Xush kelibsizlar deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga nisbatan ijobiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga