REJA: 1. Guruh haqida tushuncha 2. Guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar 3. Guruhning ichki tuzilishi 4. Lider tiplari 5. Guruhning ichki tuzilishini o'rganish Guruh haqida tushuncha. Guruh- bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko'rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga muvofiq tarzda bo'lib, kichik va katta guruhlarga bo'linadi - o'z navbatida ular ham real (bog'langanlik, shartli formal (rasmiy), hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojalanish darajasi turlicha bo'lgan ya'ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo'linadi. Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o'z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo'lishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasi, yoki ko'pgina o'qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o'zaro aloqada bo'lmasalar ham, lekin ayni chog'da bitta rahbarga bo'ysunadigan, bitta partiya va kasaba uyushmasi tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan ichki tartibning barcha qoidalariga amal qiladigan kattagina bir maktabning pedagoglar jamoasi kiritilgan bo'lishi mumkin. Katta guruhlar ba'zan bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo'lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uyushmagan bo'lmasa ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo'lgan belgilariga ko'ra umumiy sotsial va psixologik ta'rifga ega bo'lishlari mumkin. Kichik guruhlar - hamisha bog'langan umumiylik bo'lib, unga kiruvchi shaxslarning o'zaro birgalikdagi real harakati va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bilan bog'langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo'lishi, ya'ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o'rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo'yilgan rahbarlikka ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo'lmagan, ammo tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (do'stlik, hayrihohlik, hamjihatlik, ishonch va shu kabilar) sistemasi bilan ifodalaniladigan norasmiy (ko'pincha ularni noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va hunar-texnika bilim yurtlarining motosikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha o'quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do'stona ulfat tarzida kirishi) mumkin. Rasmiy va norasmiy guruhlar o'rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir. O'quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o'qituvchi olib borishi shart bo'lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi. Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularning klassifikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi-shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayonining natijasidir. Rivojlanish darajasiga ko'ra farqlanadigan guruhlarning - diffuz guruhlar, sotsial yo'nalishdagi uyushmalar, sotsial yo'nalishga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.48 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.48 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc