Guruhda o'zaro hamkorlik va muloqot psixologiyasi Reja: Psixologik o'zaro moslik tushunchasi. Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o'zaro ta'sir masalasi. Guruhdagi psixologik muhit va uni o'rganish. Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Faol o'qitish metodlari va ularni tashkil etish. Darsda munozara, breynshtorming va treninglarni o'tkazish. Jamoalarda psixologik o'zaro moslik. Guruh hayoti va undagi a'zolarning o'zlarini yaxshi his qilishlari ko'p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir - birlariga ijobiy munosabatda bo'la olishlariga bog'liq. Bu hodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a'zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo'lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi: a) faoliyat natijalari; b) a'zolarning sarflagan kuch - energiyalari; v) faoliyatdan qoniqish. Ikki xil o'zaro moslik: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg'unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo'nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko'proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo'lsa, bu oliygoh o'qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo'q va bo'lishi mumkin emas, ularda ko'proq ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattadir. O'tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko'plab qirralari bo'lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo'lsa, o'sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg'unlikning bo'lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o'zaro ta'sir masalasi. Guruhda odamlarning bir - birlarini yoqtirishlari yoki aksincha, inkor qilishlari ko'pincha turli xil qarorlar qabul qilish jarayonida ro'y beradi. Grupaviy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma'lumotlar to'planadi, bir nechta takliflar ilgari suriladi va nihoyat, eng maquli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon biroz boshqacharoq kechadi va nizolar ko'pincha aynan shu jarayon bilan bog'liq bo'ladi. Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o'zaro ta'sir gruppa sharoitida quyidagi omillar vositasida ro'y beradi: 1) ayrim a'zolar boshqalariga nisbatan ko'proq gapirishga moyil bo'ladilar; 2) yuqoriroq mavqega ega bo'lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o'tkazishadi; 3) guruhda ko'p vaqt o'zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi; 4) guruhda ayrim odamlar ta'sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish xollari kuzatiladi; 5) barcha a'zolar o'zlari sezmagan holda konformlilikka berilishlari va guruh ta'siriga tushib qoladilar. Shuning uchun ham bazan majlisni olib boruvchi rais kun tartibini elon qilgan bo'lsa-da, undan chalg'ib ketishi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc