Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar

Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar Reja: 1. Etnik guruhlar. 2. Etnopsixologik tadqiqotlar. 3. Kichik guruhlar 4. Kichik guruhlarda dinamik jarayonlar. Xar bir shaxs o'z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yeki turli guruhlar ta'sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda kolgan yeki insonlar guruhiga umuman kushilmaydigan individning o'zi yuk, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda,o'zaro ta'sirda bo'ladi, bu muloqot jarayenlari esa doimo kishilar guruhida ruy beradi.Shuning uchun xam guruhlar muammosi, uni o'rganish va guruhlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish insoniy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir. Psixologik ma'noda guruh- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yeki tilaklar, umumiy belgilar bo'lishi shart. Masalan talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko'p (o'quv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birlik, o'spirin yeshlarlarga ma'lum o'quv yurtida ta'lim olish istagi va xokozo). Kuchada biror tasodif ruy berganligi uchun tuplangan kishilar uchun xam umumiy bo'lgan narsa borki bu kizikuvchanlik bo'lib, utgan hodisaga guvoxlik unga umumiy munosabatdir. guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin xar bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o'ziga xos qonuniyatlarga buysunadi. Aynan shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir guruhlarning turlari ko'p, shuning uchun xam ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya kiladilar. Bizning nazarimizda, T.M.Andreyevaning «Ijtimoiy psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o'z ichiga kamrab olgan. Ular xar qanday kishilar guruhini avvalo, shartli va real guruhlarga bo'ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarida tuplangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bulinadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy extiyejlari asosida tashkil buladigan bunday tabiiy guruhlarning o'zi kishilarning soniga karab katta, kichik guruhlarga bulinadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga karab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o'z navbatida endi shakllanayetgan, diffuz hamda taraqqiyetning yuksak pogonasiga kutarila olgan jamoa turlariga bulinadi. guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta'rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni maqsad qilib kuygan holda bevosita katta guruhlarningijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o'rganishga utamiz. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularning ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmasiki, ulardagi odamlar soni avvalo kupchilikni tashkil etib, sinfiy, ilmiy, irkiy, professional belgilar, ularning shu guruhga mansubligini ta'minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar kupsonli bo'lganligi va ular xulk-atvorini belgilovchi mexanizmlarni o'ziga xosligi tufayli bulsa kerak ijtimoiy psixologiyada olimlar kupincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal kuradi. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyesiy mavkuraviy ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.77 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.77 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga