Guruhiy psixokorreksiya xususiyatlari

Guruhiy psixokorreksiya xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Guruhiy psixokorreksiya xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Guruhiy psixokorreksiya xususiyatlari Reja: Psixokorreksion guruh Amaliy korreksiya metodlari: psixogimnastika Psixogimnastika mashg'ulotining yakuniy kismi. Guruh bu ijtimoiy yaxlitlikdan malum belgilariga ko'ra (faoliyat xarakteri, ijtimoiy mavqei, rivojlanish darajasi va b.q.) ajratib olingan, chegaralangan hajmga ega kishilar jamoasidir. Guruhlar ko'pincha quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Hajmiga ko'ra(katta, kichik, mikroguruhlar); Ijtimoiy mavqeiga ko'ra:formal - nofarmal(rasmiy - norasmiy); O'zaro bog'liqlik xususiyatlariga ko'ra(real, kontaktli va shartli); Rivojlanish darajasiga ko'ra(past daraja: asotsiatsiyalar, korporatsiyalar, diffo'z; yuqori darajali: jamoalar); Ahamiyatligiga ko'ra(referent, azolik guruhlar); Ajratilgan belgilar har bir konkret guruhni faoliyatdagi maqsad va vazifalarini o'ziga hosligini belgilab berali. Psixokorreksion guruh - o'z-o'zini tahlil qilish, shaxsiy ko'nikmalarni hosil qilish, shaxslararo munosabatlarni tahlil qilish maqsadida sun'iy birlashgan kichik guruhlarga aytiladi. Bu o'zaro ta'sir shu yerda va hozir tamoili asosida guruh a'zolari o'zlari bilan yuz berayotgan jarayonlarni o'rganadilar. Psixokorreksion guruh faoliyatining asosiy tamoillari: mas'uliyatlilik tamoili(o'zi uchun va boshqalar uchun); Yaqinlik tamoili( to'la ochiqlikni talab qilmasada, samimiylik, empatiya va sirni saqlashga asolanadi); Qo'llab-quvvatlash tamoili( psixolog guruh a'zolarini ko'llab-quvvatlasa, guruh a'zolari bir-birlarini ko'llab-quvvatlaydilar); Kongruentlik tamoili( shu yerda va hozir vaziyatida har bir guruh azosi o'z-o'zi va boshqalar bilan yakdilligi ). Guruhiy psixorreksiya ochiq va yopiq guruhlarda o'tkaziladi. Katta guguhlar - 25-30 kishi va kichik guruhlar - 5- 8-12 kishidan iborat bo'ladi. Yopiq guruhlarda guruh a'zolari soni doimiy bo'lsa, ochiq guruhlarda o'zgarib turishi mumkin. Guruhga og'ir jismoniy nuqsonlarga ega bo'lgan, ruhiy sog'lig'i bo'zilgan, guruhda ishlashni istamagan, yaqin qarindoshlarni, xizmat doirasida bir-biriga tobe bo'lganlarni, bir-biriga o'ta adovatli kishilarni qabul qilish mumkin emas. Guruh qisqa muddatli(1-6 oygacha) yoki o'zoq muddatli(bir necha yilgacha) bo'lishi mumkin. Mashg'ulotlarning qisqa yoki o'zunligi korreksion ta'sirning maqsad va shakliga ko'ra har xil bo'ladi. Bir haftida uchrashuv soni 2-4 ta, vaqt davomiyligi 20-90 minutgacha bo'lgan holda belgilanadi. Marafon psixokorreksion mashg'ulotlar o'z maqsadlaridan kelib chiqgan holda 9-16-18 soat davom etishi mumkin. Psixokorreksion guruh rahbari oliy psixologik ma'lumotga, ushbu yo'nalishda mutaxasislikga, shuningdek individual-guruhiy ishlarda mijoz sifatida tajribaga ega bo'lishi zarur. Har bir guruh yuqori kasbiy malakalarga ega bo'lishi lozim. AMALIY KORRYeKSIYA MYeTODLARI: PSIXOGIMNASTIKA Psixogimnastika - bu guruh a'zolarining o'zini iamoyon kila oladigan va nutqsiz munosabatga kirisha olishini taminlovchi metoddir. Bu samarali vosita yordamida shaxsning ijtimoiy hodisalarni idrok qilishi uchun eng kulay sharoit yaratiladi, ,,tana tili,,ga etibor beriladi, atrof-hayot munosabatlarini ifodalashga imkoniyat yaratiladi. Psixogimnastika termini keng va tor manoda kullaniladi. Guruh a'zolarining asosiy kommunikatsiya vositasi imo-ishorali harakatlar bilan ta'sir o'tkazish hisoblanadi. Tor manodagi psixogimnastika o'yinlar etyudlar ko'rinishida bo'lib, guruh a'zolari aloqa vositasi sifatida nutqsiz harakatni kullaydilar. Psixogimnastikaning bu turi guruhiy korreksiya vazifalarini bajarishga yo'naltirilgan, yani o'zaro aloqa urnatish, tarang vaziyatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga