Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi

Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi Reja: 1.Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o'rganilishi. 2.Guruhlararo o'zaro ta'sirni gruppadagi ichki jarayonlarga ta'siri. 3.Katta ijtimoiy guruhlar darajasida guruhlararo jarayon spetsifikasi. 4.Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi amaliy muammolari. Xodimlarning soni va ular o'rtasidagi munosabatga ko'ra kichik va katta guruhlar farqlanadi. Xususan, kichik guruhdagi xodimlarning munosabati bevosita ko'rinishda bo'lsa, katta gurux a'zolari esa bavosita munosabatda bo'ladilar. Kichik guruhlar psixologik jihatdan talqin etilganda, ularga aloqador quyidagi xususiyatlar farqlanadi: guruh a'zolaridan birining xatti-harakati boshqa a'zolarga ta'sir etadi; guruh a'zolari shaxsiy yoki umumiy ehtiyojlarini qondirishda bir-birlariga muxtojdir. Bunday ta'rif mashhur psixolog K. Levinga tegishli bo'lib, u guruh ichida ro'y beradigan jarayonlarni ilmiy jihatdan tahlil etadi. Binobarin, biron tashkilotdagi kichik guruhni nazarda tutsak, guruh a'zolariga xos umumiy maqsadning mavjudligi ta'kidlanadi. Demak, bir butun korxonani tashkil etuvchi kichik guruhlar majmuasi katta guruh deyiladi. Lekin kichik va katta guruhlarga ichki jarayonlar o'ziga xos bo'lib, rahbar u yoki bu guruh bilan muloqotga kirishganda mazkur xususiyatlarni hisobga olishi lozim. Guruh turlari. Umuman, psixologiya fanida guruhlarni farqlash bir necha mezon bo'yicha amalga oshiriladi. Quyidagi xususiyatlar guruh tabiatini yanda chuqurroq tushunish va bundan boshqaruv faoliyatida foydalanish imkonini beradi. Kichik guruhning o'zi ikkiga bo'linadi: birlamchi guruh o'z ahilligi va o'zidagi «BIZ» hissiyotining yuksakligi bilan ko'zga tashlanadi. Asosiy belgilari - uning kamsonliligi, a'zolari o'rtasidagi masofa yaqinligi, o'zaro munosabatlarning shaxsiy xususiyatlarga asoslanganligi. Bunday guruhga yorqin misol sifatida oilani keltirish mumkin. ikkilamchi guruh deb faoliyati aniq maqsadga yo'nalgan va o'zaro munosabatlarda rasmiy jihatlar kuzatiladigan jamoaga aytiladi. Bunday guruhda asosiy diqqat o'zaro munosabatlarga emas, balki ma'lum vazifani bajarish malakasiga qaratiladi. Rahbar boshqaruv faoliyatida turli maqsadda tuzilgan guruhlarda turlicha psixologik muhitni shakllantirishga e'tibor berishi kerak. Masalan, qisqa muddatli va malakali mehnat talab qiladigan vazifalarni ado etish uchun tuzilgan guruhda asosiy maqsad mehnat faoliyatiga qaratiladi va jamoa birdamligiga boѓliq tadbirlar cheklanadi. Doimiy va muntazam faoliyat yurituvchi guruhda esa bajarilayotgan mehnat bilan bir qatorda ayni jamoada soѓlom va ahil muhit yaratish yo'li tanlanadi. Kichik guruhning yana bir ko'rinishi referent guruh deb ataladi. Referent guruh, o'z mazmuniga ko'ra, biron kimsa uchun eng ardoqli va o'ziga yaqin tutuvchi jamoani anglatadi. Odatda har kim referent guruhni o'ziga namuna sifatida qabul qiladi va o'z xulqini shu guruh normalari bilan moslashtirishga intiladi. O'z mohiyatiga ko'ra referent guruh salbiy va ijobiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Ijobiy mazmunga xos referent guruh tashkilot maqsadiga muvofiq ishlaydi va undagi jarayonlar umumiy maqsadga bo'ysungan bo'ladi. Salbiy mazmun kasb etgan referent guruhdagi norma va xulq-atvor shakllari jamoa manfaatiga zid bo'lishi va tashkilot maqsadi bilan mos kelmasligi mumkin. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.12 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.12 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga