harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni xal etgan holda o'rgati- ladi. Ko'pgina holda kuyidagilarga olib kelinadi: harakatning dastlabki maktabini ta'minlash, yani harakat faoliyatini murakkab shakillari uchun dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy bo'ginlarida oddiy harakatlarni boshqarishga o'rgatish; Misol: yuqori startdan chiqish. Yordamchi mashqlar yangi eki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni rivojlanishiga ta'sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga o'rgatish; Masalan: perekidnoy usulida sakrash, plankasiz oyoqlarni har xil ketma-ketligi harakatlari. 3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur bo'lgan asosiy harakat ko'nikma va malakalarni shakillantirish hamda takomi lashtiruvning kerakli darajagacha olib borish: Misol: har xil sport turlarida. Bu vazifalarning xarakteriga va o'rganilayotgan harakat faoliyatlarining xususiyatlariga bog'liq holda o'qitish jarayoni bir kator xususiyatlariga bog'liq holda o'qitish jarayoni bir kator xususiyatlariga egadir. Malumki, vazifalarning qiyinligiga karab ularga sarf bo'ladigan vaqtlar xam turlichadir. Masalan: bir-ikki bo'ginli gimnastika harakatlariga o'rgatish malum holatlarda nisbatan tezrok bo'ladi, lekin ularni o'zlashtirish hamda murakkab harakat faoliyatlarni yuqori darajaga oshirishga bazan yillar vaqtlar ketadi. (shest bilan sakrash). Bunday holda o'rgatish metodikasi xam farq qiladi. harakat faoliyatining tuzilish murukkabligi malum darajaga harakatga dastlabki harakatda asosiy metodlarni tanlashni oldindan aniklaydi. Oddiy harakatlarga o'rgatishda butunlicha o'rgatish ko'lanilsa, murakkab mashqlarda esa kismlab o'rgatish ko'llaniladi. harakatning tayyorlov, asosiy, yakuniy vazifalari orasida bog'lanish muhim ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. Bazan xollarda o'rgatishning asosiy fazalaridan foydalanilsa (masalan, balandlikka sakrashda, depsinish), boshqa xollarda esa tayyorlov fazalaridan foydalaniladi. (masalan tebranish va engashgan holda tayanch holatiga o'tish), ayrim xollarda yakuniy fazasidan o'rgatish lozim (Masalan: bolalarga sakrashda yumshoq ko'nishni o'rgatish). harakatlarga o'rgatish umumiy didaktik prinsipilariga asoslanadi, bu prinsiplar j.t. sohasida o'z spetsfik ifodasini topadi. Bu spetsifika harakati ko'nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chikadi. harakat ko'nikmalari va malakalari. har xil mashqlarni harakat ko'nikmasi va harakat malakasi bo'lgan takdirdagina bajarish mumkin. Bu ko'nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarni ifoda etadi. harakat ko'nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to'planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi xal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida (uy ishida, yakkama-yakka kurashishda va x.k.). Ќatnashishni amalga oshirish uchun ilgari hosil kilgan ko'nikmalar va malakalardan jismoniy va ma'naviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik esa, yangi ilgari tanish bo'lmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yaratadi. Bunda hamisha butun faoliyat davomida malum darajada aqliy mehnat bilan ish ko'rish talab kilinadi. Bilim, tajribalar va ong asosida egallangan harakat ko'nikmalari harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir. Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil ko'rinishda bo'lgan harakat ko'nikmalar: a) Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirish. b) har xil murakkablikda bo'lgan alohida ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.48 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.48 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: ppt