Harbiy psixologiyaning o'rganish metodlari

Harbiy psixologiyaning o'rganish metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Harbiy psixologiyaning o'rganish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Harbiy psixologiyaning o'rganish metodlari Harbiy psixologiya o'z oldiga qo'yshgan vazifalarni malum metodlar yordamida hal qiladi. Metod - bu haqiqatni bilib olish yo'li. Eng umumiy (metodologik), umuiy (bir qator fanlarga xos) va xususiy (alohida bir fanga xos) metodlar, shuningdek, usul va vositalar mavjud. Har qanday metod nazariy va metodologiyaga asoslanadi Kuzatish va eksperiment metodlari axborot yig'ishning eng muhim metodlari hisoblanadi. Kuzatsh metodi harbiy psixologiya uslublari orasida eng keng qo'llaniladigani bo'lib, uning vositasida malum bir inson yoki jamoa (ularning psixologik xususiyatlari) haqida faktlar aniq maqsad bilan izchil ravishda yig'ib boriladi. Shuni alhida qayd qilib o'tish kerakki, kuzatish uslubi bilan o'rganilayotgan obyekt faoliyatining tashqi tomonlarigina emas, balki uni yuzaga keltirilgan kuchlarni - fikr, motiv, hissiyot, maqsad va ehtiyojlarni ham kuzatish, o'rganish mumkin. Kuzatish metodi. Kuzatish eng keng tarqalgan o'rganish metodi bo'lib, uning yordamida insonlar, harbiy jamoalar har xil sharoit va faoliyatlarda namoyon qildigan hissiyot, xatti - harakat, xulq - atvorlarning tashqi ko'rinishlari namoyon bo'lishlari o'rganiladi. Kuzatish faqatgina faqatgina faktlarni qayd etishdangina iborat bo'lmasdan, balki, ularni ilmiy jihatdan tushintirish, tasniflash (klassfikatsiyalash) va umulashtirishni ham o'z ichiga oladi. Kuzatish metodining o'ziga xos belgilari quyidagilar: Har qanday kuzatish o'zining maqsadiga ega bo'ladi; Kuzatish metodi o'zining tizimlashganligi bilan ajralib turadi (masalan, kuzatish asnosida kuzatilayotgan hodisa va psixik hodisalar (munosabatlar, motivlar) o'rtasidagi qatiy aloqadorlikni aniqlash imkoniyatini mavjudligi); Kuzatilayotgan shaxslar yoki guruhlar soni va kuzatishlar soni etarlicha ma'lumotlari yig'ish hamda ularni matematik qayta tahlil qilish uchun etarli bo'lishi lozim; ma'lumotlarni obyektiv ravishda tizimlashtirish va yozib olish imkoniyatining mavjudlig (protokollashtirish, magnitofonga yozib olish, Foto - kinotasvir va hokazo); Kuzatish metodiga nisbatan biz yuqorida sanab o'tgan talabalar albatta komandirlar tomonidan inobatga olinishi lozim. Kuzatish har xil shakllarda amalga oshirilishi mumkin: a)Bevosita - tadqiqotchining o'zi tomonidan olib boriladi; b)Bavosita-boshqa kishilardan (mas, vrachdan, o'qituvchidan, instruktordan, shturmandan va x.k.) olgan ma'lumotlarni tadqiqotchi umumlashtiradi. Kuzatish tabiiy sharoitlarda amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. U voqealarning odatdagi tabiiy maromini buzmaydi. Ushbu metod o'zining afzalliklari bilan bir qatorda bazi bir kamchiliklariga ham ega: - uzoq vaqt davom etishi; - natijalarni yozib borishning qiyinligi; - o'rganilayotgan obyektlarning qo'pligi; - materiallarni yigishning qiyinligi. Kuzatish metodi vositasida malum bir inson yoki jamoa (ularning nsixologik xususiyatlari) haqidagi faktlar aniq maqsad bilak izchil ravishda yig'ib boriladi. Ammo, kuzatish uslubi bilan o'rganilayotgan obyekt faoliyatining tashqi tomonlarigina emas, balki uni yuzaga keltirgan kuchlar ni-fikr, motiv, hissiyot, maqsad va ehtiyojlarni xam kuzatish, o'rganish mumkin. Ofitser kuzatish uslubidan foydalanib, obyektni o'rganganda harbiy xizmatchining o'zi haqida bergan ma'lumotlar-o'zining fikrlari, hissiyotlari, harakatlari haqidagi xabarlardan ustalik, mahorat bilan foydalanishi lozim. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.36 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga