Gipoteza - yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir. Nazariya - hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o'tgan tizimidir. Kategoriyalar - borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin. Paradigma - fan rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir Ilmiy muammo - obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo'lgan masala yoki masalalar majmuidir Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida Tamoyillar deganda, asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo'lib xizmat qiluvchi rahbar g'oyalar tushuniladi. Nazariy bilim va uning shakllari XX asr boshida har xil maktablar Gusserlning fenomenologik intuitsiya (reduksiya), Bergsonning intuitivizm, Freydning ong osti intuitsiyasi va boshqa yo'nalishlar yuzaga keldi. Bu mak- tablar intuitsiyani bilishning instinkt, ong osti hodisasi, diniy e'tiqod va hoka'zolarni o'zida uyg'unlashtirgan irratsional harakati sifatida tushu- nadi. Bu yo'nalishlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular dunyoni ilmiy bilishda aqlning, tushunchalar vositasida tafakkurning rolini kamsitadi. Tafakkur o'rniga predmetni keraksiz ratsionalistik mulohazalarsiz «asl holicha» qamrab olish imkonini beruvchi intuitsiya qo'yiladi. Bugungi kunda irratsionalizm g'oyalarini ekzistentsializm, neopozitivizm va hozirgi zamon falsafasining ayrim boshqa yo'nalishlari rivojlantirmoqda. Masalan, ekzistentsialist Xaydegger fikriga ko'ra, «ekzistensiya»ni manti- qiy tushunish mumkin emas. Yaspersda e'tiqod, intuitiv tarzda qaraladigan mistik «vahiy» birinchi o'ringa qo'yiladi. Marsel «abstraksiyalar ruhi»ga qarshi ayovsiz kurashni targ'ib qiladi. Inglizlar Ross, Mur, Richard moddiy narsalarni bilishning sezgi va aql darajalarini chetlab o'tib, qandaydir mistik intuitsiya yordamida, bevosita bilish mumkinligini isbotlashga hara- kat qiladi. Muammoning chegaralangan-ligi Ilmiy muammoning to'g'ri qo'yilishi uchun omillar Muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo'lgan bilimlarning mavjudligi (nazariya, metodika, ma'lumot) Maqbul yechim belgilari hamda to'g'ri yechimni tekshirish usullarining mavjudligi yechimning yagonaligi Asoslarning soxta bo'lmasligi Shaqlan to'g'ri tuzilganligi XULOSA 1.Inson bilimining jadal suratlarda rivojlanishi ijod qilishni o'rganish vazi- fasini qo'yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o'rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, muno- zaralar, muammoli vaziyatlar tahlili - shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko'maklashadi. 2. Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali subyektning istedodi, xotirasi, zehni, tasav- vurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi. 3. Induktiv tafakkur - hodisalarning bir qismini o'rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O'xshashlik bo'yicha tafakkur ham evristik mushohada ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
419.01 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
419.01 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: ppt