Reja: his - tuyg'u tushunchasi. his-tuyg'ularni boshdan kechirish shakllari. Asosiy hissiy holatlar va ularning tashqi ifodasi. his tuyg'ular va shaxs. Iroda va irodaviy akt strukturasi. Irodaviy fazilatlar va ularni shakllantirish. Kishi sezgi, idrok kilgan, xotirasida kolgan ta'sirotlarga hech kachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta'sir ijobiy yoki salbiy, yokimli yoki yokimsiz hissiyotni kuzg'otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan tuxtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta'sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan tuxtaydi, jasurlanadi yoki kurkadi, shubhalanadi va h.k. his-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bulayotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. his-tuyg'ular albatta ikki kutbli -ijobiy yoki salbiy, yani yokimli va yokimsiz bo'ladi. hissiyot haqida etarli bilimga ega bo'lish ishlab chiqarish tashkilotchisi, rahbar, pedagog uchun juda muhimdir. o'z ishidan konikish hissini paydo qilish, zur kutarinki ruh bilan ishlash kulay psixologik muhit yaratilishi bilan bog'lik. Bu esa jamoa oldida turgan vazifalarni uning har bir azosi ehtiyoji bilan mustahkamlashiga bog'lik. his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va uzgarib turadigan psixik jarayondir. his-tuyg'uni boshdan kechirishning turli shakllari bor: bular emotsiya, kayfiyat, affekt, kuchli hayajonlanish, stress, ehtiros, tor manodagi his-tuyg'ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulk atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o'rtasidagi murakkab va ko'p kirrali munosabatlarining ifodasi bo'lib, hisoblanadi. his-tuyg'ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniklab olishga yordam beradi., faoliyatga undaydi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi kuvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatni rag'batlantiradi. Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari kondirilishi jarayoni qanday kechayotganining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.(zavklanish, mamnunlik, ukinish, uyalish va b.) Emotsional holatlarning regulyativ (tartibga solib turuvchi) funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo buladigan kechinmalar unga ehtiyojlarining kondirilish jarayoni kay tarzda borayotgani, tusiklar, nimalarni uzgartirish zarurligi haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi. his-tuyg'ularni boshdan kechirish shakllari. Ehtiyojlarning kondirilishi yoki kondirilmasligi kishida turli ko'rinishda bo'lgan, o'ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, kayfiyatni, affektlarni (hissiy buronlarni), kuchli hayajonlanish (hissiy portlash)holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor manodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi. (tor manodagi his-tuyg'ular ehtiroslar, muhabbat va boshqalar). Emotsiyalar. Emotsiya» so'zini o'zbek tiliga aniq tarjima kilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan manoni anglatadi. hissiyot deb, masalan,kishining musiqaviy asarga nisbatan urnashib kolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining o'zini emas, balki kontsert paytida yaxshi musikiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavklanish holatiga aytiladi. Bir xil holatdagi emotsiyalar ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo'lib chikadi, kuch-g'ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi, agar susaytirsa, astenik deb aytiladi. Affektlar. Kishini tez chulg'ab ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc