Hissiyotlar eksperimental psixologiyasi

Hissiyotlar eksperimental psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Hissiyotlar eksperimental psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Hissiyotlar vazifasi. Hissiyotning ekspressiv tomonini o'rganish. O'zining hissiyot holatlarini baholash metodi. Emotsiyalar inson va hayvonlarning ular uchun ahamiyatli bo'lgan hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Hissiyotlar psixik faoliyatda uchta muhim vazifani: darak beruvchilik (signallik), baholash va boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi. Hissiyotning darak beruvchilik vazifasi-subyektning tashqi qo'zg'atuvchilarning yoqimli yoki yoqimsiz ekanligini bildirib vokealar rivoji davomida o'z xatti-harakatini qanday davom ettirish kerakligini aks ettiradi. emotsiyalarda shaxsning alohida voqea va hodisalarga beradigan bahosi ham o'z aksini topadi. emotsiyalar motiv sifatida inson xatti-harakatlarini ham yo'naltirib turadi. His-tuyg'ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo'lib, u faqat insonlarga xosdir. Emotsiyalar inson organizmi vegetativ tizimi faoliyati bilan ham bog'lanadi: yurak qisqarishlari tezligi, qon bosimining o'zgarishi, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi bilan va boshqalar. Bunday jarayonlar simpatik va parasimpatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Hissiyotlarni o'rganish uchta yo'nalishi bo'yicha amalga oshiriladi. anglanmagan holda namoyon bo'luvchi asab tizimi, endokrin, ovqat hazm qilish va boshqa tizimlardagi o'zgarishlar bilan bog'liq jarayonlarni; anglangan sezgilar bilan bog'liq jarayonlarni. yuz ifodasi, imo-ishora va xatti -harakatlarda namoyon bo'luvchi hissiyotlar yig'indisini o'rganish. Hissiyotlar o'zining kuchi, davomiyligi, sifati va mazmuniga ko'ra ham farq qilishi mumkin. Hissiyotlarni eksperimental yo'l bilan o'rganganda har bir kishining hissiy holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan va vegetativ xususiyatlarni turli usullar yordamida yozib olishdan foydalanish mumkin. Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv tomoni)ni o'rganishning qulayligi, tarixiy hujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat va boshqalardan ham foydalanish mumkin. ekspressiya deganda, insonning jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi namoyon bo'lishi harakati-mimika, tananing ifodali harakati -poza, qo'lning ifodali harakati imo-ishora (jest) ularning barchasi umumlashtirib, pantomimika deb ataladi. Insonning ruhiy holati haqida eng ko'p axborotni mimika beradi. Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Ixtiyoriy pantomimika ixtiyorsiz harakatlar asosida, subyektning hayotiy tajribasi natijasi sifatida rivojlanadi. Ixtiyorsiz pantomimik harakatlar shaxsning ruhiy holati haqida ko'proq axborot berishi mumkin. G.de-Syupervil inson turli kechinmalar holatida yuzida bo'ladigan ifodalarni sxematik tarzda ko'rsatib berishga harakat qilgan. Bu chizma ko'z, burun, og'iz, holatlarining o'zgarishi bilan tushuntiriladi. Emotsional holatlarning ifodalanishini o'rganish uchun quyidagi tajribadan foydalanish mumkin. Buning uchun insonning turli ruhiy holatlari aks etgan 15-20 ta fotosurat kerak bo'ladi. Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish mumkin. Tajribaning birinchi qismida tekshiriluvchilar fotosuratga qarab-ixtiyoriy his-tuyg'ularni baholaydilar. Ikkinchisida esa kinosyujetdagi ixtiyorsiz kechinmalarni ta'riflaydilar. Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash orqali hissiyotlarning ifodalanishidagi umumiy va farq qiluvchi tomonlarni aniqlash mumkin. Anglangan his-tuyg'ular haqidagi ma'lumotni olish uchun o'zining hissiy holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.6 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.6 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga