Hosilni yig'ib-terib olish va donning zararlanishi

Hosilni yig'ib-terib olish va donning zararlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Hosilni yig'ib-terib olish va donning zararlanishi - rasmi

Material tavsifi

Hosilni yig'ib-terib olish va donning zararlanishi. Don massasi mikroorganizmlarining hayot faoliya­ti Yetishtirilgan donni yig'ib olish bu don ishlab chiqarishning asosiy yakuniy bosqichidir. Donning nobud bo'lishi ikkiga bo'linadi: 1. Mexanik nobud bo'lishi. 2. Biologik nobud bo'lishi. Mexanik nobud bo'lish bu hosildorlikka juda katta ta'sir ko'rsatadi. Yig'imni kechiktirganda nobud bo'lgan donning 100 % dan 70-75 % Mexanik nobud bo'lishi tashkil qiladi va qolgan 30-25 % ni biologik nobud bo'lish tashkil qiladi. Mexanik nobud bo'lish quyidagi hollarda yuz berishi mumkin: boshokdan to'kilsa, boshoqning sinishi, dalada qoldirilgan boshoqlilar hisobiga hamda mashina va asbob uskunalarning noto'g'ri boshqarish va ishlashi tufayli. Hosilning bir qismi yig'im davrida mexanik zararlanadi. Bug'doy donini yig'im davrida mexanik nobud bo'lishi 40-50 % gacha etishi mumkin. Biologik nobud bo'lish: donning etilish davrida biokimyoviy jarayonning zaruriyatlari tufayli yuzaga keladi. Hosil mexanaziyalashgan usulda yig'ib-terib olinadi: a) Kombaynlashtirilgan yig'ib olish; b) Alohida yig'ib olish. Kombaynlashtirilgan usulda hosilni juda tez yig'ib-terib olishga erishiladi, chunki donning etilgan davrida bu usul qo'llaniladi. Har kuni don ildizida turgani uchun 1 % don boshokdan to'qiladi. Bu usulda dalada donni tozalab, kuritib don qabul qiluvchi korxonalarga yuboriladi. b) Alohida yig'ib-terib olish usulida biologik nobud bo'lishiga yo'l kuyilmaydi va Mexanik nobud bo'lishlar juda oz bo'ladi. Alohida yig'ib-terib olish usulining ustunligi sho'qi, uni to'g'ri tashkil qilib, o'z vaqtida o'tkazilsa, juda katta iqtisodiy unumdorlikka erishiladi va quyidagi ustunliklari mavjud. 1. Donlar pishib-etilish davrida urib olingan bo'lsa, boshoqda ildizga qaraganda tezroq etiladi. 2. Boshoqda bo'lgan davrda don kamroq yomg'ir va har xil ta'sirlardan himoya qilingan bo'ladi. 3. Don massasi etilish davrida yig'ib olingan bo'lsa, u tez quriydi va bu kombayinlashtirishda juda qulaydir. 4. Ildizda don vaqtidan ko'p tursa, sifati yomonlashadi va donning ustki qatlami qorayadi. 5. Alohida yig'ib-terib olish ildizda nobud oldini oladi. 6. Mexanik va biologik nobud bo'lishning oldini oladi. 7. Alohida yig'ib-terib olish tez va vaqtli boshlab tugatish imkoniyatini beradi. Donlar zararlanishi sababiga ko'ra quyidagi sinflarga bo'linadi: 1. Vaqtli (organik, anorganik) quruq moddalarning oqimi tugashi. 2. Kasalliklar tufayli zararlanishi. 3. Donning ildizda turishi va ildizlarning zararlanishi. 4. Donning ildizda muddatidan ortiq turishi. 5. Yig'im-terim davridagi zararlashi. Don massasi mikroorganizmlarining hayot faoliya­ti Mikroorganizmlarning rivojlanishi va hayot faoliyatining tez­ligi tevarak atrof muhiti bilan chambarchas bog'liq. Mana shu sharo­it mikroorganizmlar uchun qancha qulay bo'lsa, u shuncha tez rivoj­lanadi va shu bilan uning hayot faoliyati shuncha yuqori bo'ladi. Tashqi muhitning har bir omiliga bo'lgan munosabatiga ko'ra, mikroorganizmlarning rivojlanishi tezligini belgilovchi uchta kor­dinal nuqta olish mumkin. Agar mazkur omilning ta'siri minimumga etsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati juda sekin boradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 900.07 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 900.07 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga