Reja: Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti. Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari. a) Kuzatish b) Eksperiment Psixologik tadqiqot o'tkazish bosqichlari. Tayanch iboralar. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi, uning asosiy tarmoqlari. Psixologiya fanining ilmiy tekshirish metodlari. Kuzatish. eksperiment: laboratoriya va tabiiy eksperiment. Psixodiagnostika metodlari va ularning qo'llanilishi: suhbat, anketa, faoliyat jarayoni va uning mahsulotlarini tahlil qilish.Test metodi va uning qo'llanilishi. HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILIShI Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog'langan, g'oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo'yicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1) konkret faoliyatning psixologik tomoni; 2) taraqqiyotning psixologik tomoni; 3) insonning (taraqqiyot va faoliyat subyekti sifatida) jamiyatga bo'lgan munosabatining psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo'yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko'rsatish mumkin. MEHNAT PSIXOLOGIYASI. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik asoslarini o'rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta'sirini o'rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi. Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri INJENERLIK PSIXOLOGIYASI. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o'rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o'rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o'rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING predmeti ta'lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. Bu soha o'quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o'zlashtirishni boshqarish muammolari, ta'lim samaradorligiga ta'sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o'quvchilar orasidagi munosabatlarni, o'quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta'lim va tarbiya berish kabi muammolarni o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga ta'lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko'plab tarmoqlari mavjud. MEDITSINA PSIXOLOGIYASI. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimlarning faoliyatini, bemorlarning xulq-atvorini o'rgandi. Meditsina psixologiyasi quyidagi qismlarga bo'linib ketgan: neyropsixologiya - psixik hodisalarning miyadagi fiziologik tuzilmalarini, asoslarini, mexanizmlarini o'rganadi; psixofarmakologiya - davolashda qo'llaniladigan turli xil dorilarning kishi psixikasiga ta'sirini o'rganadi; psixoterapiya - bemorlarni davolashda turli psixik ta'sirlardan foydalanishni; psixoprofilaktika va psixogigiyena - turli psixik kasalliklarning kelib chiqishi, ularni profilaktika qilish masalalarini o'rganadi. YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan ko'plab masalalarni ko'rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi. HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, boshliqlar va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc