Reja: Psixologiya predmeti haqida tushuncha. Psixik hodisalar. Buyuk mutafakkirlar ruhiy hodisalar haqida. Fanlar tizimida psixologiyaning o'rni. Psixologiya tarmoqlari. hozirgi zamon psixologiyasining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Psixologiya-lotincha «psyuxe» - ruh, jon, «logos» - fan, ta'limot degan so'zlardan olingan bo'lib, ruh, jon haqidagi fan degan manoni anglatadi. Psixologiya faniga beriladigan ta'riflar ham juda xilma-xil bo'lib, shulardan ayrimlarini ko'rib chikadigan bo'lsak faktlar, ularning qonuniyatlari va psixika mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya-kishining ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda ko'llanish haqidagi fandir. Ko'rinib turiptiki, barcha ta'riflarda ham psixika haqida so'z bormokda. Xo'sh, psixika nima? Psixika lotincha psyuxe so'zidan kelib chikkan bo'lib, ruh, jon degan manoni bildiradi. Psixika sezgi, idrok, tafakkur, hissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi, kishining ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va hoka'zolar deb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi. Bundan tashqari biz amaliyotda psixik hodisalar, ruhiy hodisalar degan iboralarga ham juda ko'p duch kelamiz. Psixika- yuksak taraqqiy etgan materiyaning yani miyaning mahsuli bo'lib, tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog'lik bo'lgan murakkab hodisalar xossasi majmuidir. Psixikaning qisqa va sodda ta'rifi-obyektiv olamni subyektiv aks ettirilishidir. Psixika barcha jonzotlarga, jumladan insonga xosdir. Shuning uchun ham biz ko'pincha inson psixikasi, hayvon psixikasi degan iboralarni eshitib kolamiz. tashqi olamni aks ettirish bilan bog'lik bo'lgan biologik, fizik hodisalarni ham uchratib kolamiz, lekin biz bularni bir-biridan nimalar bilan farq qilishini bilib olishimiz kerak. (Masalan, refleks, instinkt, tropizm va h.). Ilmiy psixologiyaning predmeti deganda, avvalo psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi, psixik hayotga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Psixologiyaning o'rganadigan obyekti psixik hodisalardir. Psixik hodisalar o'z navbatida uch asosiy guruhga bo'linadi: psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar. Psixik holatlar psixik faoliyatning vaqtinchalik dinamikasi bilan xarakterlanadigan hodisalar bo'lib, bu kishining ichki dunyosining muhim tomonlarini hisobga olgan holda faoliyatga ta'sir etadigan omillardir. Psixik holatlarga charchash (tolikish), emotsional zo'rikish (affekt, stress), monotoniya (dikkinafaslik, zerikish), uyku holati, uyg'oklik holati va boshqalar. Psixik jarayonlar-sezgi a'zolariga tashqi ta'sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki kechinmalari o'rtasida bog'lanishlar shakli bo'lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, xayol, xotira, hissiyot, iroda tushuniladi. Psixik hodisalarning uchinchi guruhi-psixik xususiyatlar bo'lib, odamdagi takrorlanmas, bir-biridan farqlab olish uchun zarur bo'lgan xususiyatlardir. Bu xususiyatlar kishining o'ziga, atrofidagi odamlarga, narsalarga, mehnatga munosabatlarida, bir so'z bilan aytganda uning xulk-atvorida namoyon bo'ladigan xususiyatlardir. Psixik xususiyatlar ichida shunday xillari ham borki, bular shaxsning o'ziga xos, individual xususiyatlari deb aytiladi. Bular-temperament, xarakter, qobiliyatdir. Psixologiya tashqi olamni aks ettirish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.96 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.96 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc