Hozirgi zamon psixologiyasi tuzilishi va uning prinsiplari

Hozirgi zamon psixologiyasi tuzilishi va uning prinsiplari

O'quvchilarga / Psixologiya
Hozirgi zamon psixologiyasi tuzilishi va uning prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Psixologiya va boshqa fanlar. 2. Psixologiyaning tuzilishi. 3. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari. 4. Xulosa. XVII asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajralib chikdi va mustaqil fan darajasiga kutarildi. Uning mustaqil bo'lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga kelib uzining eng muhim muammolarini ishlab chika boshladi. Hozirgi davrga kelib psixologiya uzining alohida o'rganish metodlariga, o'ziga xos vazifalariga va o'z predmetiga ega bo'lib koldi. Hozirgi vaqtda psixologiyaning ahamiyati inson haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatida xamma yerda tan olinmokda. PSIXOLOGIYa VA FALSAFA. Psixologiya falsafadan ajralib chikkan bulsada, ular o'rtasidagi aloqa hozir xam saqlanib kolmokda. hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi asosida ilmiy filosofik tushunchalar, psixika miyaning maxsuli, u real borliqni aks ettiradi deb tushuntiruvchi dialektik materialistik qarashlar yotadi. Falsafa va uning ajralmas kismi bo'lgan bilish nazariyasi, yani gnosiologiya psixikaning atrofdagi borliqka munosabati masalasini xal qiladi va psixika atrofdagi olamning miyadagi aksi, materiya birlamchi, ong ikkilamchi deb tushuntiradi. Psixologiya turli psixik hodisalarni chuqur o'rganish va tahlil qilish asosida uning inson hayoti va taraqqiyotidagi rolini tushuntiradi, psixik jarayonlarning taraqqiyot qonunlarini ochadi. Hozirgi zamon psixologik yo'nalishlari, oqimlari va maktablarining ilmiylik va mustaqillik darajasi ularning o'z predmeti va tekshirish metodlarini asoslashda kanchalik dialektik - materialistik nuqtai - nazarga yaqinlashishlariga karab belgilanadi. Shu nuqtai nazardan olganda hozirgi zamon psixologiyasida qanday holatni ko'rish mumkin? PSIXOLOGIYa VA TABIAT. Psixologiyaning mustaqil fanga aylanishi uning tabiiyot fani bilan juda yaqindan alok unatishiga olib keldi. Malumki, bunga XIX asrning ikkinchi yarmidayok,yani pixologiyaga eksperiment metodining kirib kelishi (G.Fexner) va ayniqsa, 1863 yilda I.M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» kitobining maydonga kelishi bilan asos solingan edi. Kitobda psixik hodisalar, tabiat hodisalari singari, albatta biror sabab tufayli, yani nerv sistemasining reflektor faoliyati natijasida vujudga kelishligi ko'rsatilgan edi. I.M.Sechenovning reflektor nazariyasi I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta'limotida hamda uning shogirdlari L.A.Orbeli, L.K.Anoxin, K.M.Bikov, N.I.Krasnogorskiy asarlarida, shu bilan birga, A.A.Uxtomskiy, N.A.Bernshteyn, I.S.Beritashvili va boshqalarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Ularning bu ta'limotlari psixologiya fanining tabiiy - ilmiy asosi bo'lib koldi. Hozirgi paytda bu ta'limot O'zbekiston Respublikasi va chet el psixologlarining miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlarini chuqur o'rganishlari asosida yanada rivojlantirilmokda. Psixologiyani chuqur o'rganish tabiat fanlari (umumiy biologiya, fiziologiya, anatomiya kabilar) ni yaxshi bilishni talab etadi. Psixologiyaning kator sohalari, eng avvalo solishtirma psixologiya, zoopsixologiya, etologiya va boshqalar o'z navbatida tabiat fanlarining bo'limlari xam bklib hisoblanadi. Psixologiya va texnik taraqqiyot XX asr ishlab chiqarishning, texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez usganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlanganligi, transportning yangi, tovushdan tez turlarini uzlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Bularning xammasi inson psixikasiga juda katta talablar kuyadi. Hozirgi zamon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga