Hozirgi zamon psixologiyasi va uning amaliy vazifalari. Maktabda psixologik xizmat

Hozirgi zamon psixologiyasi va uning amaliy vazifalari. Maktabda psixologik xizmat

O'quvchilarga / Psixologiya
Hozirgi zamon psixologiyasi va uning amaliy vazifalari. Maktabda psixologik xizmat - rasmi

Material tavsifi

Reja: Psixologiya fan sifatida. Psixologiyaning predmeti. Tafakkur haqida tushuncha. Xotira haqida tushuncha. Iroda haqida tushuncha. Psixologiyaning metodlari. Maktabda psixologik xizmat. Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg'un rivojlantirish, sotsial munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo'lmish insonning o'zini yanada komil toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta'lim va tarbiya berishga yangicha, yana ham keng ko'lamda yondoshishni talab qiladi. Hozirgi tez o'zgaruvchan davrda barcha fanlar qatori psixologiya fani va uning boshlanish asosi bo'lgan umumiy psixologiyaga ham bir muncha etibor kuchaydi. Psixologiya va pedagogikaga oid barcha fanlar bo'yicha yangi dastur va rejalar ishlab chiqildi. Maktab pedagogi zamon bilan hamnafas bo'lishi uchun, o'zining bilimlari ko'lamini doimo oshirib, boyitib borishi shart. Davlat talablaridan kelib chiqib, o'qituvchi psixologiya bo'yicha qanday bilimlarga ega bo'lishi kerakligini tushunib etishi zarurdir. Psixologiya fani insonlarni o'rganuvchi fanlar qatorida turadi. Psixologiya insonni ontogenezda o'rganadi. Unga oddiy ta'rif berib tushunishga harakat qilamiz. Psixologiya inson psixikasining taraqqiy etish va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Psixologiya nimani o'rganadi. Har qaysimiz kundalik hayotda odamlar bilan uchrashib, ular bilan gaplashamiz, gapga hayajon bilan yoki xotirjamlik bilan javob beramiz, bir xil odamlar bizga yoqimli bo'ladi, boshqalari - uncha yoqimli bo'lmaydi. Biz biror faktni, biror voqea yoki hodisani bilib olar ekanmiz: o'ylab ko'ramiz, ko'ngildan kechiramiz yoki unga beparvo qaraymiz, yani bir xil narsa bizni qiziqtiradi, boshqasiga esa etibor bermaymiz. Odamning nomunosib xulq-atvorini ko'rar ekanmiz, achchiqlanamiz va g'azablanamiz, uni tanqid qilamiz, fidokorona ishga ko'rsatilgan mehribonlik bizni quvontiradi. Mehnat qilar ekanmiz, sabot bilan ruhlanib, belgilab qo'yilgan planlarning amalga oshirilishiga erishamiz, lekin bazan g'ayrat ko'rsatmay sustlik bilan ishlaymiz. Xilma-xil narsalarni ko'rar ekanmiz, ularni ko'zdan kechiramiz, ularga bizga yoqadi yoki yoqmaydi, bir xil narsani esda tutamiz, boshqasini esa unutib yuboramiz, bir xil narsaga diqqat qilamiz, boshqa bir narsani payqamay qolamiz. Yaxshi kitob, yoqimli kuy, rassomlik san'atining go'zal asari har qaysimizga rohat bog'ishlaydi. Bularning hammasiga va ko'pdan-ko'p boshqa narsalar - psixik hayotimizning, yani ruhiy dunyomiz (ruhiyatimiz)ning xilma-xil namoyon bo'lishidir. Shuning uchun ham, psixologiya bizning o'zimiz haqidagi, bizning ichki ruhiy dunyomiz haqidagi fandir. Psixologiya psixik protsesslarni: - sezgilar, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda, xayol, xislarni va shaxsning temperament, xarakter, qobiliyat, ehtiyojlar kabi xossalarini o'rganadi, shuningdek psixologiya fani odam faoliyatining xususiyatlarini (malakalari, odatlari, mehnati va ijodiy faoliyati va shunga o'xshashlarni) o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda psixologiya shaxsga xos bo'lgan barcha xilma-xil individual xususiyatlarni hamda barcha odamlarga xos bo'lgan umumiy psixik sifatlarni o'rganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va ko'p qirralidir: u faqat tashqi muhitning ta'sirlarigagina bog'liq bo'lib qolmay, balki yuksak nerv faoliyatining, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.64 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.64 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga