Reja: Psixologiyada muammo, gipoteza, konsepsiya, nazariyalar. Psixologiyada tadqiqot metodlari tizimi. tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi: tadqiqot bosqichlari. Psixologiya fanida tadqiqot metodlari amal kilinadigan asosiy nazariy prinsiplarga va psixologiya xal kiladigan konkret vazifalarga bog'liqdir. Urganilayotgan predmet va hodisalar o'zaro aloqador, bir-birini takozo etadi, doimo o'zgarishda, rivojlanishda, qarama-qarshi zid-diyatli jarayonlar mavjud deb qarashni tushunish zarurligidan kelib chikadi. hozirgi zamon psixologiyasida fanning kanchalik kadimiyligiga qaramay kator xal qilinishi zarur muammolar, turli oqimlar va olimlar tomonidan ilgari surilayotgan taxmin va farazlar-gipote-zalar mavjuddir. Bazan bir-birini tuldiradigan,yoki birini ikkinchisi inkor etadigan konsepsiyalar va nazariyalar xam bor. Bu singari turli muammo va qarashlarni to'g'ri anglab etish hozirgi zamon psixologiyasining asosiy prinsiplarini- determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prin-tsiplariga suyangan holda ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga bog'liq xal kilinadi. hozirgi vaqtda psixologiyada XIX asrda vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizlari qadimgi yunon madaniyati tarixiga borib kadaladigan kator nazariyalar bor. Ularning eng ko'p tarkalganlari kuyidagilardir: biogenetik nazariya (V. Shtern), sotsiogenetik nazariya (K. Levin), bixevioristik nazariya (E. Torndayk), psixoana-liz nazariyasi (Z. Freyd) va boshqalardir. Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog'liq bo'lishi bilan birga hozirgi kun uchun o'ta dolzarb vazifalarni xal qilish bilan xam bog'liq. Bular jumlasiga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muammolari bilan bog'liq psixologik muammolarni ko'rsatish mumkin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko'paytirish, mehnat samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o'z joniga kasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar xam o'ta muhim bo'lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali anikla-nadi va tuzatishlar kiritiladi. Psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Xarqanday psixologik tadqiqot o'z-o'zini tekshirish, boshqalardagi o'zgarish va rivojlanishni tekshirishdan iborat bo'ladi, shuning uchun xam bularni subyektiv va obyektiv tadqiqot metodlari deb aytish mumkin. Ammo, aylanib kelib, xammasi xam psixik jarayon, uning paydo bo'lishi va rivojlanishini tadqiq qilishga xizmat qiladi, buni genetik metod desak bo'ladi. haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o'rganishning obyektiv metodlaridan foydalanish asosiga qurilishi kerak. hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga nisbatan muhim talabi psixik faktlarini genetik (tarixiy) jihatdan o'rganish prinsipiga amal qilishni takozo etadi. Genetik prinsipning mohiyati shundan iboratki, urganilayotgan psixik hodisaga jarayon deb karaladi va tadqiqotchi uning dialektik rivojlanishining barcha holatlarini tiklashga, ular bir-birlarini kay yusinda olmoshtira olishlarini ko'rish va tushunib etishga harakat qiladi, urganilayotgan psixik faktni uning konkret tarixi jihatidan tasavvur etishga urinadi. Psixologiyada genetik prinsipdan foydalanish zarurligini P. P. Blonskiy (1884-1941), L. S. Vigotskiy (1896-1934, S.L.Rubinshteyn (1889-1960), A.N. Leontev (1903-1979) lar o'z asarlarida takidlaganlar. tadqiqotlarni amalga oshirishning genetik prinsipi keyingi yillarda, ayniqsa bolalar psixologiyasida bola shaxsini buylama kesimi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.88 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.88 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc