Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari Reja: Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni Psixologiya ko'plab fanlar bilan uzviy bog'liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog'liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o'rnini belgilab beradi. Bizga malumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo'linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo'lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo'ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o'rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o'rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san'atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog'liq. Shunga muvofiq psixologiyani fanlar orasidagi bog'liqligini tahlil qilsak. Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog'langan. Bu bog'liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo'lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni alohida takidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko'ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g'oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo'llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o'zgarishlarni o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo'lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufo'ziga xosdir. O'z-o'zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo'lib kelgan va buni ilg'or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o'z ahamiyatiga ko'ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o'rinda turadi, deb takidlagan edi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:34:04
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.44 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:34 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.44 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc