Ichki kasalliklar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan ruhiy o'zgarishlar. Tug'uruqdan keyingi psixozlar

Ichki kasalliklar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan ruhiy o'zgarishlar. Tug'uruqdan keyingi psixozlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Ichki kasalliklar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan ruhiy o'zgarishlar. Tug'uruqdan keyingi psixozlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ichki kasalliklar va yuqumli kasalliklarda uchraydigan ruhiy o'zgarishlar. Tug'uruqdan keyingi psixozlar Ba'zi somatik va yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, alkogolizm ruhiy o'zgarishlar bilan davom etadi. Somatik kasallikka aloqador ruhiy o'zgarishlar, asosiy kasallikning xarakteriga bog'liq bo'ladi. Bu emotsional alomatlar (depressiya, havotirlanish, vahimaga tushish, tajanglik, eyforiya bilan o'tadigan nevrozsimon kasalliklar) va eshushning turli darajada buzilishi (karaxtlik, amensiya, deliriy, sopor, koma) hamda tutqanoq xurujiga o'xshash holatlar namoyon bo'ladi. Bularning kelib chiqishida umumiy somatik kasalliklar, yuqumli kasalliklar va zaharlanishlar muhim ahamiyatga ega. Bunday psixozlar Surunkal i kasalliklar, yuqumli kasalliklar, zaharlanish, alkogolizm va bemorning jinsi, yoshi, kasallikning og'irlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Klinik manzarasi. Simptomatik psixozlar o'tkir va uzoq muddat davom etadigan turlarga bo'linadi. O'tkir psixozlardan keyin, ko'pincha asoratlar qolmaydi. Uzoq muddatli turida esa sog'ayishdan keyin qoldiqlar - psixoorganik asoratlar qolishi mumkin. O'tkir simptomatik psixozlar qisqa vaqt davom etadi. Bunda astenik buzilishlar (bosh og'riq, lohaslik, harakat bezovtaligi, vahima, ruhiy tushkunlik, uyqu buzilishi, giperesteziya) kuzatiladi. O'tkir psixoz bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi va karaxtlik, deliriy, amensiya, oneyroid, tutqanoq alomatlari bilan davom etadi. Oneyroid alomatlarida ko'pincha, ko'rish illuziyasi va gallutsinatsiyasi bo'ladi. Bunda katatonik alomatlar bo'lmaydi. Eshitish gallutsinozida tovush ta'siridan ko'ruv, vahimalar paydo bo'lib, bemor o'zini yo'qotib qo'yadi. Bularning ta'siridan bemorlar o'ziga va atrofdagi kishilarga xavf solishlari mumkin. O'tkir psixoz o'tib ketganidan so'ng serebrasteniya alomati - tez charchash, toliqish, jahl chiqishi, ish qobiliyatining pasayishi, uyquning buzilishi, kayfiyatning yomonlashuvi, giperesteziya belgilari kuzatiladi. Uzoq muddatli simptomatik psixozlar 2 haftadan 2-3 oygacha saqlanib turadi. O'tish alomatlari uzoq vaqt davomli astenik holatlar bilan tugaydi yoki psixoorganik alomatga o'tishi mumkin. Uzoq muddatli simptomatik psixozlarning quyidagi turlari bor: 1. Depressiyalar - kechqurunlari kuchayadi, astenik holat bilan birga davom etadi. Bemorda ko'pincha, kechqurun va tunda qisqa vaqtli deliriy holatlari paydo bo'ladi. 2. Depressiv vasvasa holatlari, bemorlarni kuchli vahima, qo'rquv bosadi. Bundan tashqari, ayblash, ta'na qilish, vasvasa g'oyalari, illuziya va eshitish gallutsinatsiyasi bo'lib turadi. 3. Gallutsinator-paranoid holatlar. Bunda ta'qib qilish, vasvasa, eshitish gallutsinatsiyasi va illuziyalari, atrofdagi kishilarni yolg'on bilish bilan boradigan o'tkir paranoid holatlar bo'ladi. Bular apatik stupor (qimirlamay qolish, hamma narsalarga befarq qarash) bilan almashinib turadi. Agar bemor o'z turish joyini o'zgartirsa, bu buzilishlar o'tib ketadi. 4. Moniakal holatlar - bu o'zgarishlar harakatsiz maniya, eyforiya va astenik buzilishlar bilan birga namoyon bo'ladi. Moniakal holatlar avj olganda, soxta paralitik alomatlar paydo bo'ladi. Bulardan tashqari, Korsakov alomati va konfabulyoz holatlari kuzatiladi. Korsakov alomati o'tganidan so'ng bemor xotirasi tiklanadi. 5. Konfabuloz holatda bemor xotirasi va es-hushi joyida bo'ladi. Bu holat birdan boshlanib, birdan tugaydi. Bemorlar haqiqatda bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.26 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.26 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga