Idrok nima - rasmi

Material tavsifi

Reja: Idrok haqida tushuncha Idrokning predmetliligi va yaxlitligi Idrokning konstantligi va anglanganligi Appertseptsiya Idrokning turlari Idrok haqida tushuncha. Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib, yaxlit, bir butun holda aks ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok jarayonining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bular: idrokning predmetligi, yaxlitligi, ma'lum tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi. Idrokning predmetliligi. Idrokning predmetliligi obyektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni shu olamning o'ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma'lumot, obraz (masalan, o'qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko'z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo'lmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma hisoblanmaydi. subyektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma'lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu yerda to'yish va harakat sezgilari muhim rol o'ynaydi. Harakatlar ishtirok yetmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo'lmagan, ya'ni tashqi olam obyektlariga qaratilmagan bo'lar edi. Sezgi va idrokning farqini tushunish uchun quyidagi misolga murojaat kilamiz. B.G.Ananev tomonidan bemor kishida ko'rish analizatorining sezgirligi (sezgi) saqlanib qolgan holda idrokning buzilishi tasvirlangan. Davolanishning avval boshida u butun fazoni qandaydir uzluksiz yorug'lik oqimi sifatida sezgan. Keyinchalik (davolanish natijasida) shaklsiz ma'nosiz dog'larni ajrata olgan. U birorta obyektning predmet sifatida xususiyatini so'z bilan ham, chizish bilan ham tasvirlay olmagan. Uch oy davomidagi davolanishlardan keyingina bemor ko'zining idrok qilish xususiyati qayta tiklangan. Faqat ko'rish sezgisining o'zi narsalarni aks ettirishni ta'sinlay olmaydi. Bunga misol tariqasida ko'pchilik olimlar qurbaqaning ko'zidagi ko'z pardaning ishini misol qilib keltiradilar. Qurbaqaning ko'ziga tushgan soyaning bir necha belgilari, asosan harakatlari va burchaklari haqida darak beradi. Shu sababli baqa harakatsiz pashshalar orasida ochidan o'lishi ham mumkin. Idrokning predmetliligi va yaxlitligi. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o'ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni ana shu olamning o'ziga solishtirib ko'riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) ta'minlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to'g'riroq aks ettirishni ta'sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo'ladi. Idrokning yaxlitligi. yuqorida ko'rsatganimizdek, idrok sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, narsalarning yaxlit obrazidir. O'z-o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz turli modallikdagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Idrokning ma'lum tarzda tuzilganligi. Idrok ko'p darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga to'g'ri kelmaydi va bunday sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat emas. Biz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.94 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.94 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga